«Paxtakor» – «Neftçi» bahsi Özbekiston çempionatlarida uzoq yillar asosiy qarama-qarşilik bölib kelgan. Ammo oxirgi yillarda «Paxtakor» mamlakat futbolida yakka hukmronga aylandi. «Neftçi» esa hatto quyi ligaga tuşib ketdi. Ilhom Möminjonov qabul qilib olgaç, «Neftçi» yana raqiblar hisoblaşadigan jamoaga aylanmoqda.

Albatta, hozir «Paxtakor» farğonaliklardan ança kuçli, ammo nihoyat uşbu mavsumga kelib «Paxtakor» hamda «Neftçi» jamoalari örtasidagi uçraşuvga yana katta öyin sifatida qaray boşlaşdi. Muxlislar ham, futbolçilar ham. 70 daqiqa bir kişi köp bölib öynagan «Paxtakor» 1:0 hisobidagi ğalabani saqlaş uçun oxirgi daqiqalargaça kuraşişga majbur bölgan bahs çindan katta öyin degulikdir.
Bu uçraşuvni köpçilik Abror Ismoilov nomi bilan eslab qolsa kerak. Öyin taqdiri amalda 21-daqiqada hal böldi deyiş mumkin. Aynan Abror Ismoilov maydon markazida Ikrom Aliboyevga qarşi juda qöpol harakat qilgani uçun maydondan çetlatildi.
Bu şunçaki oddiy vaziyat emasdi. Aslida «Neftçi»dan çiqqan Abror «Surxon» orqali «Paxtakor»ga ötdi va Özbekistonning eng yaxşi tayanç yarimhimoyaçilaridan biri ekanini isbotladi. Ammo mavsum avvalida jamoada uning pozitsiyasida futbolçi köpayib ketgaç, Abrorni «Neftçi»ga ijaraga berişdi. Buni qarangki, Abror «Paxtakor»da amalda uning örnini egallagan Ikrom Aliboyevga qarşi qöpollik uçun maydondan çetlatildi.
Aynan Ismoilovning çetlatilişi öyindagi hal qiluvçi vaziyat böldi. «Paxtakor»dek raqibni bosimda uşlaydigan jamoaga qarşi öyinda bir kişi kam qoliş baribir öz sözini aytadi. Birinçi bölimda-ku «Neftçi» amalladi, ammo ikkinçi bölim avvalida Dragan Çeran gol urib, «Paxtakor»ga ğalaba keltirdi. Möminjonov jamoasi amaldagi çempionga ğalabani osonlikça bermaganini ham qayd etiş kerak.

Şu örinda «Paxtakor»ga yana Çeran ğalaba keltirgani haqida ikki oğiz. Ötgan mavsumning oxirgi öyini kubok finali doirasidagi «Paxtakor» – «Nasaf» bahsi bölgandi. Yarimfinaldagi qizil kartoçka sabab finalda Dragan Çeran iştirok etma olmadi va «Paxtakor» mağlub böldi.
Yangi mavsumning ilk öyinini «Paxtakor» yana «Nasaf»ga qarşi ötkazdi. Yaypandagi superkubok finalida Çeranning yagona goli «Paxtakor»ga ğalaba keltirdi. Çempionat 1-turida Çeran Samarqanddagi «Dinamo»ga qarşi öyinda ham ğalaba golini urdi. 2-turda yana Çeran ğalaba goliga mualliflik qildi. Endi ham «Paxtakor» Çeranga boğlanib qolmagan deya olasizmi?











































