Falsafa şundaki, inson bunday voqealar öz boşiga kelişini kutib yaşamasin, doim şunday yaşasinki, öşa kiçik yaxşiliklarning birida Xudoning roziligi yotadi. Yöldan ötkazib qöyilgan çollardan biri Hizr böladi.

Ön ikki yil oldin, JÇ-2010 saralaş öyinlari pley-offda Fransiya va Irlandiya töqnaş kelgan va dastlabki öyinda fransuzlar 1:0 hisobida safarda ğalaba qozongandi. Javob öyinida irlandlar hisobni oçişdi va şu bilan qöşimça bölimlargaça hisob saqlanib turdi.

103-daqiqada Terri Anri raqib jarima maydoni içida töpni qöli bilan töxtatdi va oçiq darvoza qarşisida turgan Gallasga uzatdi. Hakam qoida buzilişini körmay qoldi va hisob tenglaşdi. Öyindan keyin Anri qoida buzganini tan olgan bölsa-da, barça savollar hakamlarga berilişi kerakligini aytgandi.

Bir tomondan butun dunyoning nafratini qozonib bölsa-da, milliy jamoasini jahon çempionatiga olib çiqqan futbolçini maqtaş ham mumkindek, lekin menga öşa öyinni şarhlagan Vladimir Maslaçenkoning fikrlari yoqqandi: «Anri, ey xudoyim... Bor, hakamning oldiga, unga qoida buzganingni tan ol, futbolga sevgi izhor qil! Futbol tarixidagi eng olijanob şaxslardan biri bölib tarixga kir!...»

Bilmadim, bir şaxsning tarixga kiriş muhimmi, yoki vatanning ğalaba qozonişi, bilmadim, futbol kattami yoki ğalaba? Insonlarga muvaffaqiyat tarqatiş yaxşiroqmi yoki uluğvor qadriyatlar? Katta dilemma, töğrimi?

Paolo Di Kanio degan italiyalik hujumçi bölgan. Ba'zilar uni gollarni faşistlarga xos tarzda nişonlaşni xuş köradigan janjalkaş, ziddiyatli futbolçi sifatida eslaşadi. Ammo uning yana bir harakati hammaning yodida qolgan.

20 yil oldin. «Everton» – «Vest Hem» uçraşuvining sönggi daqiqalari. Hisob 1:1. Mehmonlar hujumçisi Frederik Kanute darvozabon Pol Jyerard bilan töqnaşib ketdi. Qoida buzilmagan, ammo Pol notöğri yiqilib, jarohat oldi. Öyin esa, davom etardi. Töp qanotdan yana jarima maydoniga, «Vest Hem»ning boşqa hujumçisi Paolo Di Kanioga yetkazildi. Öşanda Paolo böş qolgan darvozani işğol qiliş örniga, u töpni qöli bilan uşlab, öyinni töxtatdi.  

Uçinçi örnak. 1950-60 yillardagi «Spartak» (Moskva) klubi sardori, Sobiq Ittifoq terma jamoasining yetakçi öyinçisi Igor Netto ham tarixga kirgan. Çilida ötgan 1962 yilgi jahon çempionatidagi uning jasoratini ungaça ham, undan keyin ham heç kim takrorlay olmadi.