«Özbekiston futbol assotsiatsiyasi Etika qömitasining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Unda Özbekiston futbol assotsiatsiyasining futbol faoliyatini nazorat qiliş böyiça maxsus inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan ÖzFHM hakamlari Xusan Muzaffarov, Obid Jumayev va Jasur Rustamov hamda «Qöqon-1912» futbol klubi sport direktori Şuhrat Möminovning kelişilgan öyinlarda iştirok etganligi töğrisidagi iş körib çiqildi.

Qömita tomonidan kun tartibidagi masalani örganiş davomida aniqlanişiça, 2023 yil 22 mart kuni Proliga doirasida bölib ötgan «Qöqon-1912» – «Maş’al» futbol klublari örtasidagi uçraşuvdan oldin «Qöqon-1912» futbol klubi vakili Şuhrat Möminov Özbekiston futbol hakamlari markazi hakami Husan Muzaffarovga «Qöqon-1912» futbol klubi foydasiga hakamlik qilişini sörab murojaat qilgan hamda evaziga pul mablaği taklif qilgan. Uçraşuv boş hakami Xusan Muzaffarov uşbu taklifga rozi bölgan va öyin «Qöqon-1912» futbol klubi foydasiga yakunlangan.

Şuningdek, 2023 yil 18 iyun sanasida Proliga doirasida bölib ötgan «Orol» – «Qöqon-1912» futbol klublari örtasidagi uçraşuv oldidan «Qöqon-1912» klubi vakili Şuhrat Möminov öyin hakamlari Xusan Muzaffarov, Obid Jumayev va Jasur Rustamovlarga uçraşuvni «Qöqon-1912» klubi foydasiga hal bölişi uçun moddiy manfaat taklif etgan. Uçraşuv boş hakami Xusan Muzaffarov mazkur taklifga rozi bölgan hamda pul mablağlarini yordamçi hakamlar Obid Jumayev va Jasur Rustamov bilan özaro bölib olganlar.

Özbekiston futbol assotsiatsiyasi Etika qömitasi mazkur holatlar yuzasidan Özbekiston futbol hakamlari markazi hakamlari Xusan Muzaffarov, Obid Jumayev va Jasur Rustamovni ÖFA Intizom kodeksining tegişli bandlarini buzgan deb topdi. Ularga nisbatan futbol bilan boğliq faoliyatning barça turidan umrbod çetlatiş hamda jarima intizomiy jazo çoralari qöllanildi», - deyiladi ÖFA xabarida.

Şuningdek, «Qöqon-1912» futbol klubi sport direktori Şuhrat Möminov ÖFA Intizom kodeksining tegişli bandlariga asosan aybdor deb topilib, unga nisbatan futbol bilan boğliq faoliyatning barça turidan umrbod çetlatiş jazosi tayinlandi.

Özbekiston futbol assotsiatsiyasi kelişilgan öyinlarni aniqlaş böyiça FIFA, OFK, «Sportradar» va boşqa tegişli taşkilotlar bilan muntazam ravişda hamkorlik qilib kelayotganligini ma’lum qiladi. Öz navbatida, kelgusida aniqlanadigan holatlar yuzasidan aybdor şaxslarga nisbatan qat’iy çoralar körilişi töğrisida ogohlantiradi.

Eslatib ötamiz, hozirda «Qöqon-1912» klubini boşqarib kelayotgan Muhsin Nizomiddinov 2023 yilgi mavsum doirasidagi «Dinamo»ga qarşi öyindan (3:3) keyin Samarqand jamoasi hakamlar yordami bilan ğalaba qozonayotgani haqida gapirgan edi. Ammo uning sözlari asossiz bölib çiqqaç, murabbiy jarimaga tortilgandi. E’tiborlisi, «Qöqon-1912» jamoasi aynan uşbu öyin oldidan hakamlarga pul tölagani oydinlaşdi.