11:02 / 04.04.2018
12449

Islom Karimov fondi tomonidan talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan insholar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Islom Karimov nomidagi Fond tomonidan O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan insholar tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti xotirasini abadiylashtirish, yosh avlodning respublikamiz yangi tarixi xususidagi hamda mamlakatimiz davlat mustaqilligini qaror toptirish, xalqaro barqarorlikni ta'minlash va Vatanimizning tarixiy-madaniy merosini qayta tiklashda Islom Karimovning tarixiy xizmatlari borasidagi bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etildi.

G‘oliblarga sovg‘alarni Fond Vasiylik Kengashi a'zosi, Birinchi Prezidentning rafiqasi Tatyana Karimova hamda Fond Boshqaruvi Raisi Botir Ubaydullayev topshirdilar. 

I o‘rinni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining V bosqich talabasi Akromov Otabek qo‘lga kiritdi. U 7 000 000 so‘mlik grant, shuningdek, Fond logotipi tushirilgan Apple MacBook Air 13 8/256 GB noutbuki sovrindori bo‘ldi. 

II o‘rinni Toshkent pediatriya tibbiyot institutining V bosqich talabasi Shorustamova Malika egallab, 6 000 000 so‘mlik grant, shuningdek, Fond logotipi tushirilgan Apple iRad Pro 10.5 4G 256GB plansheti sohibi bo‘ldi. 

III o‘rin Toshkent davlat yuridik universitetining IV bosqich talabasi Toshkanov Nurbekka berilib, u 5 000 000 so‘mlik grant, shuningdek, Fond logotipi tushirilgan iPhone 8 64 GB smartfoni egasiga aylandi.

Ijodiy ishlari yuqori ball to‘plagan quyidagi 7 nafar ishtirokchiga rag‘batlantiruvchi sovg‘alar, ya'ni Fond logotipi tushirilgan Kindle bukriderlari taqdim etildi. 

1. Xadyatullayev Abbosbek – Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti III bosqich talabasi.
2. Temirova Rayxona – Buxoro davlat universiteti II bosqich talabasi.
3. Nazirov Sardor – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti I bosqich talabasi.
4. Saidxasilova Aziza – Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti I bosqich talabasi.
5. Kurtova Yekaterina – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, III bosqich talabasi.
6. Abduxamidov Lutfillo – Farg‘ona politexnika instituti III bosqich talabasi.
7. Nizomiddinova Charosxon – O‘zbekiston milliy universiteti II bosqich talabasi.

Tanlov komissiyasi tomonidan yana 10ta ijodiy ish alohida baholanib, ularning mualliflari Islom Karimov nomidagi Fond tomonidan qo‘shimcha mukofotlar bilan taqdirlandilar.

 

Top