«Qurolli Kuçlar tizimida respublika kitobxonlik tanlovini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, 2026 yildan boşlab, quyidagilar örtasida har yili «Ma’naviyat qalqoni» respublika kitobxonlik tanlovi 4 bosqiçda ötkaziladi:

- muddatli harbiy xizmatçilar;

- kontrakt böyiça harbiy xizmatçilar;

- oliy harbiy va oliy harbiylaştirilgan ta’lim muassasalari kursantlari (kursantlar);

- harbiy-akademik litseylar öquvçilari (öquvçilar).

Kitobxonlik tanlovining respublika bosqiçida vazirlik va idoralarning muddatli harbiy xizmatçilari, kontrakt böyiça harbiy xizmatçilari, kursantlari hamda öquvçilari orasidan:

- 1-örinni egallagan 4 nafar ğolibning har biri Oliy Boş qömondonning boş sovrini – elektromobil hamda diplom bilan taqdirlanadi;

- 2-örinni egallagan 4 nafar sovrindorning har biri BHM 100 barobari miqdorida biryöla tölanadigan pul mukofoti hamda diplom bilan taqdirlanadi;

- 3-örinni egallagan jami 4 nafar sovrindorning har biri BHM 70 barobari miqdorida biryöla tölanadigan pul mukofoti hamda diplom bilan taqdirlanadi.

Kitobxonlik tanlovining respublika bosqiçida 1-, 2- va 3-örinlarni egallagan muddatli harbiy xizmatçilarning xizmat muddati rağbatlantiriş tariqasida 1 oyga qisqartiriladi.