Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda yangi Din va fuqarolik jamiyati ishlari vaziri tayinlandi
Foto: Tengrinews
Qozog‘istonlik senator Darxon Kaletayev Qozog‘iston Respublikasi prezidentining qarori bilan Din va fuqarolik jamiyati ishlari bo‘yicha vazir etib tayinlandi. Bu haqda Aqorda Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, turli yillarda Qozog‘iston prezidenti devonida ishlagan Darxon Kaletayev "Nur Otan" xalq-demokratik partiya raisi o‘rinbosari sifatida ham faoliyat olib borgan.
Yangi vazirning Qozog‘iston Senatidagi faoliyati to‘xtatildi, shuningdek, ushbu vazirlikni boshqarib kelayotgan Nurlan Yermekbayev Prezident yordamchisi etib tayinlangan. U bir paytning o‘zida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibi hisoblanadi.
Ma'lumot uchun, Din va fuqarolik jamiyati ishlari vazirligi 2016 yilning sentabrida davlat rahbarining qarori bilan tashkil etilgan.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025