20:21 / 04.04.2018
45413

Quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynaklardan foydalanmaslik tavsiya qilindi

Foto: Getty Images

Oftalmologlar quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynaklarni taqishni tavsiya qilishmaydi, zero bu insonning ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Yorug‘lik ko‘z atrofidagi mushaklarga ijobiy ta'sir qilib, qon aylanishini yaxshilar ekan. "Ortodoks" tibbiy portali shu haqida xabar berdi. 

Shifokorlar ko‘z to‘rpardasi uchun quyosh vannalari qabul qilishni tavsiya qilishadi. Shunday qilingan taqdirda, kuchli yorug‘likda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan og‘riqlarning oldini olish mumkin. Amerikalik psixolog Jyeykob Libermanning so‘zlariga ko‘ra, ko‘zlar nafaqat ko‘rish organi, balki quyosh nurlarini inson tanasiga o‘tkazadigan "deraza" ham hisoblanadi. Bu shifokor yorug‘lik yordamida kasalliklarni davolash uslubiga asoslanib, 15 ming bemorni davolashga muvaffaq bo‘lgan. Liberman onkologik kasalliklar va ko‘rish bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan odamlarni davolagan. 

Oftalmologlar bunga misol sifatida quyoshga tik boquvchi burgutlarni keltirishadi. Burgut ko‘zlarining o‘tkirligi bilan ham mashhur. Qushlardan farqli o‘laroq, yer ostida yashovchi va tunda uyg‘oq yuruvchi jonivorlar ko‘rish qobiliyatining sustligi bilan ajralib turadi. Olimlar odamlarga quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynaklardan kamroq foydalanishni tavsiya qilishmoqda. Agar inson qandaydir sabablarga ko‘ra yorug‘likni "ko‘tara olmasa", yaxshisi katta shlyapa olgan ma'qul.

Top