Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen Inning Rossiyaga tashrif buyurishi rad etildi
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi Oleg Burmistrovning ma'lum qilishicha, Rossiya tomoni KXDR yetakchisi Kim Chen Inni taklif etmagan.
«Bilmayman, bu haqda hech narsa bilmayman, birinchi marta eshitib turibman», - deya aytib o‘tdi Burmistrov Kim Chen Inning Rossiyaga tashrifi bo‘yicha savolga javob qaytarib. Bu haqda avval milliy razvedka direktori ma'lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya TIV rahbari Li Yon Xo Pxenyandan Pekinga parvoz qilgani, u Xitoy poytaxtidan Ozarboyjon va Rossiyaga tashrif buyurishi xabar berilgandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, vazir Ozarboyjonga borib, u yerda Qo‘shilmaslik harakati anjumanida (5-6 aprel kunlariga rejalashtirilgan) qatnashadi, so‘ng Rossiyaga jo‘nab ketadi.
Mavzuga oid
10:35
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026