Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya FXX eng xavfli terrorchilik guruhini ma'lum qildi, bu IShID emas
Foto: pm.kz
Shanxay hamkorlik tashkilotining Mintaqaviy aksilterrorchilik tuzilmasi (ShHT MATT) “Hizb ut-Tahrir al-Islomiy” terrorchilik guruhi bilan kurash algoritmini yaratadi. Bu haqda Rossiya FXX direktori o‘rinbosari, armiya generali Sergey Smirnov ShHT MATT kengashining 32-yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha jurnalistlarga xabar berdi.
“Hizb ut-Tahrir al-Islomiy”, bizning fikrimizcha, o‘z xatti-harakatlari, mafkurasi nuqtai nazaridan eng xavfli, shu sababdan u alohida ajratildi, biroq bu biz boshqa terrorchilik tashkilotlari bilan shug‘ullanmayotgan ekanimizni anglatmaydi”, - deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Uning ta'kidlashicha, Toshkentdagi yig‘ilish davomida “Hizb ut-Tahrir al-Islomiy” bilan kurash harakatlari algoritmini ishlab chiqish haqida qaror qabul qilindi.
“Bu tegishli organlar, ya'ni u yoki bu mamlakat maxsus xizmatining ish algoritmi”, - deya aniqlik kiritdi Smirnov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ShHT MATT qoshida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi ishchi guruh tashkil etildi, u “maxsus xizmatlar ish uslublari bilan bu shaxslarni aniqlash, reyestrni tashkil etish, tegishli hududda u yoki bu shaxslar xatti-harakati bo‘yicha ma'lumotlar bazasini yaratish bilan shug‘ullanadi”.
Mavzuga oid
23:04 / 27.04.2026
«Hokimiyat - bu og‘ir mehnat» – Putin Soljyenitsinning so‘zlarini eslatdi
22:54 / 27.04.2026
Aroqchi Putinga AQSh bilan muzokaralarga nima to‘sqinlik qilayotganini aytdi
17:40 / 27.04.2026
“Rossiya jamiyatida urushga nisbatan charchoq ortib boryapti” - siyosatshunos
00:04 / 27.04.2026