Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odessada o‘q-dorilar topildi, ular odamlar gavjum yerlarda qo‘llanilishi kerak bo‘lgan
Ukraina Xavfsizlik xizmati Odessada pasxa bayramlari arafasida o‘tkazilgan tintuvlar davomida o‘q-dorilar va qurollar topilgani haqida ma'lum qildi. Ular odamlar gavjum bo‘ladigan yerlarda provokatsiyalar uyushtirishga mo‘ljallangan bo‘lgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari to‘qqizta tintuv vaqtida Makarov to‘pponchasi, ikkita Valter to‘pponchasi, Mosin miltig‘i, pulemyot-to‘pponcha, karabin, turli kalibrdagi mingdan ortiq patronlar va qo‘lbola o‘q otar qurolni yasash uchun detallarni topishdi. Maxsus xizmatlar tezkor ma'lumotiga ko‘ra, olib qo‘yilgan o‘q-dori va qurollar odamlar gavjum bo‘ladigan yerlarda provokatsiyalarni amalga oshirish maqsadida qo‘llanilishi kerak bo‘lgan», - deya xabar qilishgan UXXdan.
Ta'kidlanishicha, UXX va Milliy politsiya qo‘shma amaliyoti natijalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
10:35 / 03.07.2026
Ukraina NATOga: Biz faqat yordam oluvchi emasmiz
10:05 / 03.07.2026
Rossiya Ukraina shaharlariga yangi hujumlar uyushtirdi
20:57 / 02.07.2026