Jahon | 00:34 / 08.04.2018
27557
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada odamlarni bosib ketgan haydovchi haqida tafsilotlar ma'lum qilindi

Foto: AP

Germaniyaning Myunsteridagi kafega tashrif buyurganlarni yuk mashinada bosib ketgan haydovchi Germaniya fuqarosi bo‘lib chiqdi. Bu haqda Sueddeutsche Zeitung nashri xabar bermoqda.
   
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, gap 1969 yilda tug‘ilgan, ruhiy muammolarga ega bo‘lgan erkak haqida ketmoqda. Ta'kidlanishicha, gap terakt haqida bormayapti.

Haydovchi o‘z joniga qasd qilgan. Ayni vaqtda politsiya uning uyida tintuv o‘tkazmoqda. Politsiyachilar u yerda portlovchi modda bo‘lishi mumkinligidan xavotirlanishmoqda.  

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, 20 kishi jabr ko‘rgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid