Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda terrorchilikka qarshi kurashda faqatgina Rossiya yordam bera oladi – Karzay
Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay terrorchilikka qarshi kurashda faqatgina Rossiya yordam bera olishini aytdi.
“Men yaxshi anglaymanki, agar siz (Rossiya) Pokiston va biz bilan yangi munosabatlarni yo‘lga qo‘ya olsangiz, unda yordam bera olasiz. Britaniyaliklar emas, biz ularni o‘z yerlarimizdan 3 marta haydab chiqarganmiz, amerikaliklar emas, ular 17 yildan beri bizni o‘ldirmoqdalar. Rossiya esa yordam bera oladi. Chunki biz Rossiya uchun terrorchilardan oxirgi to‘siqmiz. Biz 1,5 asrdan beri to‘xtamay urush qilmoqdamiz va bundan juda charchadik”, deb aytgan Karzay NTV telekanalida efirga uzatiluvchi “Itogi nedeli” dasturiga bergan intervyusida.
“Moskva bizga doim, hattoki sizning qo‘shinlar Babrak Karmal taklifi bilan hududimizga bostirib kirganda ham yordam bergan. Amerikaliklar sizning bostirib kirishingiz oqibatida “Al-Qoida” paydo bo‘lganini aytib, yolg‘on gapirmoqda. Ular Pokiston lagerlarida “Al-Qoida”ni yetishtirish uchun urushdan foydalanishgan. Ular yagona ustun davlat bo‘lishni istashgan va bunga erishdilar. Sobiq ittifoq jumladan afg‘on urushi tufayli parchalanib ketgan”, deb ta'kidlab o‘tdi Karzay.
Uning aytishicha, u Rossiya prezidenti Vladimir Putinga amerikaliklar “Tolibon” harakatiga urush e'lon qilishganda “nimadir shubhali ish boshlanayotganini” aytgan.
“U meni tinchlantirgandi: “Biz “Tolibon”ni yutamiz, bu umumiy ish”. Amerikaliklar o‘shanda ham hammani aldashgan. Bu terrorga qarshi qanday urush bo‘ldi? Toliblarda borgan sari ko‘proq qurol paydo bo‘lmoqda va Rossiya yordamisiz biz uni uddalay olmaymiz. Chunki tushunamizki, yordam Pokistondan kelmoqda, toliblar orasida kelgindilar juda ko‘p”, deb qo‘shimcha qilgan Karzay.
Uning ta'kidlashicha, “amerikaliklar dastlab Pokistonga milliardlab dollarlar kiritishgan, so‘ngra Pokiston bilan boshqa alohida munosabatlar yo‘qligi, u AQShga pand berganini e'lon qilishgan”.
Karzay Afg‘onistondan “shunchaki forydalanishayotganini” anglagandan keyin, “eshikni tars yopib” , iste'foga chiqib ketganini aytdi.
“Mening yonimga 4 ta viloyatdan odamlar kelib, ular yoniga hech qanday belgisiz vertolyotlarda kelgindilar kelib, ularni uylaridan haydab chiqarishayotgani, o‘ldirishayotganini aytishgan. Kelgindilar ko‘rqinchliroq bo‘lganlar va ular o‘zlarini “halifalik” deb atashardi. Hozir bundaylardan Afg‘onistonda bir necha ming bor”, deb so‘zlaydi Afg‘onistonning sobiq yetakchisi.
Karzay boshlovchining “Bu qanday vertolyotlar bo‘lgan? “ degan savolga Afg‘oniston havo hududi “to‘liq amerikaliklar tomonidan nazorat qilinishini” aytgan.
“Ularsiz hech narsa uchmaydi, ularda Afg‘onistonda shartnoma bo‘yicha xodimlar ishlaydi, ular yollanuvchilarni shunday ataydilar, ularning o‘z armiyasi, aviatsiyasi, xavfsizligi mavjud. Men ularni quvib chiqarishga xarchand urinmay, buning uddasidan chiqa olmaganman. Ular kimni olib yuradilar, kimning buyurtmasi bilan, bir o‘ziz o‘ylab ko‘ring”, deb so‘zlarini intiholagan Karzay.