Jahon | 19:00 / 09.04.2018
4653
1 daqiqa o‘qiladi

Lufthansa 10 aprel kuni 800dan ortiq reysni bekor qiladi

Foto: DPA

Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi 10 aprel kuni davlat xizmatchilarining ish tashlashi tufayli 800dan ortiq reysni bekor qiladi. Bu haqda aviakompaniya bayonotida xabar berilgan.

Verdi xizmatlar sohasi ishchilari kasaba uyushmasi davlat xizmatchilarini 10 aprel kuni Germaniyaning to‘rtta aeroporti – Frankfurt Mayn, Myunxen, Keln va Bremenda ish tashlashga chaqirdi. U taxminan 90 ming yo‘lovchini qamrab olishi mumkin.

Aviakompaniyadan ta'kidlashlaricha, aksiyada aeroportlar xavfsizlik xizmati va yer usti xizmati xodimlari ishtirok etadi.

Shu tariqa Verdi ish beruvchilar bilan tarif muzokaralarning navbatdagi bosqichi oldidan bosimni oshirish niyatida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid