17:48 / 11.04.2018
10613

Mirobod tumanida bosqinchilar qo‘lga olindi

Illyustrativ foto/© Sputnik

Toshkent shahrining Mirobod tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 9 aprel kuni D.R. IIBga murojaat qilib, 2018 yil 7 aprel kuni soat 15.00larda, Toshkent viloyati Zangiota tumani “Turkiston” QFY H.Olimjon ko‘chasida yashovchi, 1994 y.t. A.U., shu QFY, E.Isokov ko‘chasida yashovchi, 1997 y.t. F.L. va Nazarbek QFY H.Olimjon 5-tor ko‘chasida yashovchi, 1999 y.t. M.T. uning uyiga bostirib kirib, tanasining turli joylariga urib-tepib tan jarohati yetkazib, pullari, bujiteriya, 2 dona “Nokiya” mobil telefonlarini olib, voqea joyidan yashiringanliklarini ma'lum qilgan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida A.U., F.L. va M.T. qo‘lga olingan.

Top