Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hyperloop Transportation Fransiyada sinov qurilmasini qurishni boshladi
Hyperloop Transportation Technologies (HTT) Fransiyada yo‘lovchi va yuklar tashish uchun sinov qurilmasi qurilishini boshladi va uni joriy yilda ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
12 aprelda Tuluzadagi ilmiy-tadqiqot markaziga ushbu maqsadda quvurlarning ilk partiyasi yetkazilgan. “Quvurlarning ichki diametri 4 metrni tashkil qiladi, shu tariqa tizim yo‘lovchi kapsulalarini ham, yuk konteynerlarini ham transportirovka qilish uchun optimallashtirilgan”, deb aytilgan kompaniyada.
Loyihaning birinchi bosqichi doirasida uzunligi 320 metr keladigan magistral qismini qurish rejalashtirilmoqda. 2019 yilda tizimning uzunligi 1 km keladigan qismini qurishni yakunlash rejalashtirilgan. Tizimning quvurlari 5,8 metr balandlikdagi ustunlarga o‘rnatiladi.
Hozirda ishlab chiqilishi bilan Carbures ispan kompaniyasi shug‘ullanayotgan ilk yo‘lovchi kapsulasi sinov obektiga yig‘ish va integratsiya qilish uchun joriy yozda yetkaziladi.
Hyperloop g‘oyasini 2012 yilda SpaceX va Tesla Motors kompaniyalari asoschisi Ilon Mask bildirgan. G‘oya shundan iboratki, yer sirtidagi quvurlarda o‘ta siyrak havo sharoitida 1220 km/soat tezlik bilan yo‘lovchilar va yuklar kapsulalari harakatlanadi. Bunda kapsula havo yostig‘i effekti hisobiga quvur devorlariga tegmaydi. Ayni vaqtda ushbu g‘oyani amalga oshirishda eng ko‘p faollikni Hyperloop One va Hyperloop Transportation Technologies kompaniyalari namoyish qilmoqda.
Mavzuga oid
22:51 / 21.06.2026
Fransiyada jazirama issiq tufayli qizil darajadagi xavf e’lon qilindi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026