21:40 / 13.04.2018
20613

BMT bosh kotibi «Sovuq urush» qaytgani haqida gapirdi

Rafael Marchante/Reuters

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh ma'lum qildiki, xalqaro munosabatlarda «Sovuq urush» qaytgan. U shu bilan birgalikda hozirda avval bo‘lgani kabi ziddiyatni eskalatsiya holatida ushlab turishga yordam beruvchi nazorat mexanizmlari yo‘qligini qo‘shimcha qilgan.

«Sovuq urush» qaytgan, ammo endi vaziyatni yanada taranglashtiruvchi nazorat mexanizmlari yo‘q», — dedi Guterresh BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.

U shuningdek, Suriyada tinchlikka erishish yo‘li haqida gapirgan.

«Suriya xalqi uzoq vaqt, 8 yildan buyon azob chekmoqda. Bu mojaroni harbiy yo‘l bilan hal qilib bo‘lmaydi, faqat siyosiy yo‘l mavjud — Jyeneva muzokaralari orqali, bu Xavfsizlik  kengashining 2254 rezolyutsiyasida nazarda tutilgan», — deya qo‘shimcha qilgan Guterresh.

Bundan avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Suriyaning Duma shahridagi voqealar haqidagi xabarlar to‘qib chiqarilganini aytib o‘tgandi. OAVda 9 aprel kuni Sharqiy G‘utadagi ushbu hududda kimyoviy qurol qo‘llanib, 40 kishi haloq bo‘lgani ma'lum qilingan. Rossiya kimyoviy hujum haqidagi xabarlarni rad etgan, G‘arb Rossiyani Asad rejimini qo‘llab kelayotgani uchun kimyoviy hujumda aybdor sanamoqda.

Mavzuga oid
Top