11:42 / 13.04.2018
20343

Qozog‘iston unini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha aksiz solig‘i 0 foizga tushirildi

Foto: bnews.kz

O‘zbekistonga Qozog‘iston unining importi uchun aksiz solig‘i joriy yilning 1 sentabriga qadar 15 foizdan 0 foizga tushirildi. Bu haqda «Kazinform» Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma'lumotlariga asosan xabar bermoqda.

Bundan tashqari, Qozog‘iston bug‘doyi va Afg‘oniston uni uchun tarif (importga boj) 5 foizgacha pasaytirildi. Shu tariqa, Qozog‘iston bug‘doyini qayta ishlovchi Afg‘oniston tegirmonchilik korxonalari uchun olib kirish boji 2,5 foizgacha pasaytirildi.

Ta'kidlanishicha, Qozog‘istondan g‘alla va unni Keles-G‘alaba uchastkasi orqali O‘zbekiston hududi bo‘ylab olib o‘tishga 0,8 (-20 foiz) miqdorida pasaytiruvchi koeffitsiyent o‘rnatildi. Shuningdek, bunday miqdordagi pasaytiruvchi koeffitsiyent 400 ming tonnadan ortiq g‘alla va 1,4 mln tonnadan ko‘proq unni olib o‘tishda ham qo‘shimcha yig‘imlarga nisbatan (-40 foiz) o‘rnatildi. Bu ko‘rib chiqilayotgan yuklarning O‘zbekiston orqali transportirovkasini ancha raqobatbardosh qiladi.

Top