AQŞ, Buyuk Britaniya va Fransiya BMT Xavfsizlik kengaşiga Suriya Arab respublikasida kimyoviy qurol qöllangani böyiça tekşiruvlar ötkazişni nazarda tutuvçi yangi rezolyutsiya loyihasini kiritişdi. Bu haqda Liberation xabar tarqatgan.

Qayd etilişiça, bu loyihada «gumanitar yordamlarni tösiqlarsiz yetkazib berişni ta'minlaş, şuningdek, rasmiy Damaşqdan Birlaşgan millatlar taşkiloti rahbarligidagi tinç muzokaralarda iştirok etiş» talablari ifodalangan.

Bundan taşqari, loyiha Suriyada kimyoviy hujum röy bergani haqidagi ma'lumotlarni «mustaqil ravişda tekşiriş»ni taklif etadi.

Şuningdek, uşbu hujjat 2401 raqamli rezolyutsiyaga amal qilgan holda Arab respublikasida öt oçişni töxtatişga çaqiradi.

Bundan avvalroq Rossiya BMT Xavfsizlik kengaşiga AQŞ va uning ittifoqdoşlarining Suriyaga bergan zarbasini qoralovçi va bu zarbalarni töxtatişni talab qiluvçi rezolyutsiya loyihasini kiritgan, ammo bu rezolyutsiya rad etilgandi. Rezolyutsiya loyihasini uçta mamlakat qöllab-quvvatladi: Rossiya, Boliviya va Xitoy. 8ta mamlakat, şu jumladan Suriyaga zarba bergan AQŞ, Buyuk Britaniya va Fransiya unga qarşi ovoz berişdi. Törtta mamlakat, şu jumladan Qozoğiston betaraf qolişdi.

14 aprelga ötar keçasi AQŞ, Buyuk Britaniya va Fransiya Suriyadagi bir neça nişonga aviazarbalar berdi; ta'kidlaşlariça, zarbalar Suriyada kimyoviy qurol işlab çiqariş dasturi uçun jalb etilgan obektlarga qarşi qaratilgan edi. Uşbu jangovar operatsiya Suriyaning Duma şahrida hukumat kuçlari tomonidan kimyoviy qurol vositasida hujum amalga oşirilgani, buning oqibatida 70 kişi halok bölgani haqidagi xabarlarga javob böldi.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga köra, Suriya havo hujumidan mudofaa kuçlari xalqaro koalitsiya harbiylari tomonidan otilgan 100 dan ziyod qanot raketalardan 71 tasini tutib qolişga muvaffaq bölgan.