O‘zbekistonda Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilish bugun, 12 yanvar kuni tashkil etiladi.

U O‘zbekiston Respublikasi prezidenti, Qurolli kuchlar oliy bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tadi.

Prezident matbuot xizmati xabarida aytilishicha, Xavfsizlik kengashining yig‘ilishi kengaytirilgan tarkibda o‘tkaziladi.