Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi ilk sun'iy yo‘ldoshli smartfon - Thuraya X5-Touch
Thuraya Telecommunications Company arab operatori mutlaqo yangi smartfon turi — sun'iy yo‘ldoshli Thuraya X5-Touch ishlab chiqilgani haqida e'lon qildi. Bu smartfon dunyo bo‘ylab ko‘p sayohat qiluvchi va SIM-kartalarni muntazam o‘zgartirishiga to‘g‘ri keluvchi yoki yonida bir necha mobil qurilma olib yuradigan kishilar uchun ishlab chiqilgan. Yangi qurilma mobil tarmoq qamrovi bo‘lmagan yerlarda aloqa xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.

Android-smartfon 2G, 3G va 4G tarmoqlari uchun ikki SIM-kartaga mo‘ljallangan. Uyali aloqa yo‘qligida esa sun'iy yo‘ldosh aloqasini yoqish taklif etiladi. Thuraya X5-Touch shuningdek bir vaqtning o‘zida ikki rejimda ishlay oladi.

Sun'iy yo‘ldoshli smartfon 5,2 dyuym Full HD displey bilan ishlab chiqariladi. X5-Touch qurilmasi Bluetooth, Wi-Fi, NFC-modul, GPS/GLONASS/BeiDou sun'iy yo‘ldosh navigatsiya tizimlari priyomnigi, SOS tugmasi va Android 7.0 Nougat operatsion tizimi bilan ta'minlanadi. Hatto suratga olishni yaxshi ko‘radiganlar uchun old va orqa kameralar ham bor.

Smartfon murakkab sinovlar uchun tayyorlangan: displeyda Corning Gorilla Glass chidamli shishasi, suv va chang o‘tkazmaydigan korpus (IP67 standarti), mustahkamligi va ishonchliligi bo‘yicha MIL 810 G/F harbiy talablarga javob beradi. Kompaniya smartfonning yaxshi akkumulyator bilan jihozlangani haqida ma'lum qiladi, biroq uning sig‘imi oshkor qilinmadi. Qolgan tafsilotlar, jumladan smartfonning taqdimot sanasi va narxi hozircha sir tutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Braziliya prokuraturasi sobiq prezident Bolsonaruni davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi
Jahon | 22:28
-
Tayvan armiyasi shahar ichida jang olib borish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi
Jahon | 21:54
-
Suriyada yana guruhlar orasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Isroil vaziyatga aralashdi
Jahon | 21:50
-
Germaniyalik yigit operatsiyalar yordamida oyoqlarini 24 santimetrga uzaytirdi
Jahon | 21:45
Mavzuga oid

18:49 / 13.07.2025
SpaceX Isroilga tegishli aloqa sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi

21:52 / 04.07.2025
Boeing 2,8 mlrd dollar evaziga Pentagonga ikkita sun’iy yo‘ldosh yetkazib beradi

14:50 / 28.06.2025
O‘zbekiston 2028 yilgacha o‘z sun’iy yo‘ldoshini koinotga uchirishni rejalashtirmoqda

17:38 / 22.06.2025