Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boeing 2,8 mlrd dollar evaziga Pentagonga ikkita sun’iy yo‘ldosh yetkazib beradi
Ushbu sun’iy yo‘ldoshlarning asosiy foydalanuvchisi AQSh prezidenti va mamlakat qurolli kuchlari hisoblanadi.
Boeing kompaniyasi AQSh Mudofaa vazirligi bilan ESS dasturi (Rivojlangan strategik sun’iy yo‘ldosh aloqasi) doirasida ikkita sun’iy yo‘ldosh yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Qiymati 2,8 milliard dollarni tashkil etadigan shartnoma kompaniyadan yana ikkita shu kabi sun’iy yo‘ldosh buyurtma qilish imkoniyatini o‘z ichiga oladi.
ESS kosmik sun’iy yo‘ldoshlar orqali himoyalangan aloqa kanallarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan. AQSh prezidenti va mamlakat qurolli kuchlari uning asosiy foydalanuvchilari hisoblanadi. Boeing ikkita sun’iy yo‘ldoshdan birinchisini 2031 yilda yetkazib berishni rejalashtirmoqda.
Dasturga ko‘ra sun’iy yo‘ldoshlar geostatsionar orbitaga olib chiqiladi (Yer yuzasidan taxminan 35,7 ming kilometr balandlikka) va u AQSh qurolli kuchlari bilan sayyoraning istalgan nuqtasida aloqani ta’minlaydi.
Mavzuga oid
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
06:40 / 15.06.2026
Pentagon NUJlar haqidagi 72 ta yangi hujjatni e’lon qildi
11:58 / 25.05.2026
Pentagon NUJlarga oid hujjatlarning navbatdagi qismini e’lon qildi
08:03 / 15.05.2026