Sport | 22:37 / 15.04.2018
3822
2 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiyada markaziy turda chempion aniqlandi

«PSV Eyndxoven» Niderlandiya Erediviziyasining 31-turida «Ayaks»ni qabul qildi. Eyndxovendagi «Filips» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindagi birinchi golga Gaston Pereyro mualliflik qildi, u «Ayaks» darvozasini 23-daqiqada ishg‘ol qildi. Lyuk de Yong bo‘lim oxirida «PSV» ustunligini mustahkamladi, ikkinchi bo‘lim boshida Steven Bergveyn o‘yinga nuqta qo‘yuvchi golni urdi.

«PSV» endilikda, mavsum yakuniga 3 tur qolganida 80 ochko to‘plagan holda muddatidan avval Niderlandiya chempionligini kafolatladi, «Ayaks» 70 ochkosi bilan ikkinchi o‘rinda qoldi.

Qayd etish kerakki, bu chempionlik «PSV» uchun tarixdagi 24-chempionlik bo‘ldi. Bungacha Eyndxoven klubi 1929, 1935, 1951, 1963, 1975, 1976, 1978, 1986, 1987, 1988, 1989, 1991, 1992, 1997, 2000, 2001, 2003, 2005, 2006, 2007, 2008, 2015 va 2016 yillarda Niderlandiya chempionligini nishonlagan.

Niderlandiya birinchiligidagi g‘alabalar soni bo‘yicha «PSV» ikkinchi o‘rinda, birinchi natija – «Ayaks»ga tegishli – 33 marta.

Niderlandiya chempionati
31-tur

PSV – Ayaks 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 23 Pereyro, 2:0 – 38 de Yong, 3:0 – 54 Bergveyn.
PSV – Zut (Rom, 89), Shvaab, Brenet, Aryas, Izima-Miren, Pereyro, van Ginkel, Losano, Xendriks, Bergveyn (Lyukkassen, 72), de Yong (Ramselar, 55).
Ayaks – Onana, de Ligt, Talyafiko, Veltman, Veber (de Yong, 46), Ziyesh (Mazraui, 85), Shene, Neres, van de Bek, Klyuyvert, Xuntelar (Dolberg, 69).
Ogohlantirishlar: Xendriks (30), Talyafiko (35), Onana (83), Neres (86).
Chetlatishlar: Talyafiko (80), de Yong (83).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish