Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abramovich Britaniya sanksiyalariga uchrashi mumkin
Foto: globallookpress.com
Londonning «Chelsi» futbol klubi egasi, rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich Britaniya hukumatining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.
The Times’ning bosh vazir Tereza Meyga yaqin bo‘lgan manbalardan biriga asosan xabar berishicha, Abramovich va rossiyalik boshqa tadbirkorlarga qarshi maxsus choralar ishlab chiqilmoqda.
2018 yilning yanvarida Britaniya hukumati ko‘chmas mulk va aktivlarning xorijiy egalari kapitali qayerdan kelib chiqqani to‘g‘risidagi ma'lumotdan foydalanish huquqini qo‘lga kiritdi. Agarda, rossiyalik tadbirkorlar kapital qayerdan kelganini oshkor etishmasa, unda ularning mulki xatlovga olinishi mumkin.
Abramovich 2009 yildan beri «Chelsi»ga egalik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyalik tadbirkorlar Roman Abramovich va Alisher Usmonov Angliyaning mos ravishda «Chelsi» hamda «Arsenal» klubi aksiyalaridan mahrum etilishi mumkin ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
21:22 / 22.05.2026
Britaniyada TikTok va YouTube bolalar uchun xavfsiz emas deb topildi
23:07 / 20.05.2026
Britaniya radiostansiyasi qirol Charlz III vafoti haqida yanglishib e’lon qildi
08:40 / 20.05.2026
AQShdan keyin Britaniya ham Rossiya nefti bo‘yicha litsenziya berdi
08:48 / 16.05.2026