Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Komilov YeXHTning kam sonli millatlar ishlari bo‘yicha Oliy komissarini qabul qildi
2018 yilning 16 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatga tashrif buyurgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining kam sonli millatlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari Lamberto Zanerni qabul qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat boshida L.Zaner Farg‘ona va Namangan viloyatlariga tashrifi, xususan mahalliy hokimiyat vakillari bilan muzokaralar, shuningdek, qirg‘iz, rus, tojik va boshqa madaniyat markazlaridagi uchrashuvlari to‘g‘risida so‘zlab berdi.
Tashqi ishlar vazirligidagi uchrashuv davomida YeXHT vakili mamlakatda barcha sohalarda olib borilayotgan o‘zgarishlar, O‘zbekiston Hukumatining mintaqa davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan sa'y-harakatlarini yuqori baholadi.
Qayd etilganidek, O‘zbekiston millatlararo birdamlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash, turli millat va elatlar vakillari o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga alohida e'tibor qaratadi.
Tashrif dasturiga ko‘ra, YeXHT Oliy komissari O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, madaniyat markazlari va boshqa idoralarda uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi.
Mavzuga oid
10:24 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva YXHT bosh kotibi Feridun Sinirlio‘g‘lu bilan uchrashdi
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
19:26 / 21.05.2026
Shavkat Mirziyoyev YeXHT bilan ko‘p qirrali hamkorlik masalalarini muhokama qildi
12:44 / 23.01.2026