Komilov “Özbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida Tinçlik kengaşi taşabbusini qöllab-quvvatlaşga uçta asosiy omil ta’sir qilganini aytgan: birinçidan — xavfsizlik jihatidan milliy manfaatlar, ikkinçidan — Kengaşning maqsad va vazifalari taşqi siyosat prinsiplariga mosligi, uçinçidan — Yaqin Şarqda hayotiy muhim manfaatlar borligi.

Uning sözlariga köra, taşabbus kun tartibidagi asosiy yönalişlardan biri — Ğazo sektoridagi harbiy-iqtisodiy inqirozni bartaraf etiş va uni tartibga soliş bölib, Tinçlik kengaşini tuziş taşabbusi AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan.

Maslahatçi “jiddiy muhim manfaatlar”ni mintaqaviy, global va milliy xavfsizlik bilan boğlab, Özbekistonning Yaqin Şarqqa e’tibori ekstremizm xavflari tufayli ham oşirilişini qayd etgan. U ayrim fuqarolarning ekstremistik guruhlarga qöşilib, keyin mamlakatga qaytgan holatlari bölganini, davlat esa ularning qaytişi va jamiyatga qayta moslaşuvi uçun şaroit yaratganini aytgan.

Komilov bu yondaşuv xalqaro darajada e’tirof etilganini bildirib, BMT rahbariyati Özbekistonning gumanistik siyosatini yuqori baholaganini qayd etgan.

Şuningdek, intervyuda Yaqin Şarqdagi vaziyatning Afğoniston xavfsizligiga ta’siri ham tilga olingan. Komilovga köra, muammoni hal etiş uçun xalqaro hamjamiyat — AQŞ, arab va musulmon davlatlari bilan birga Markaziy Osiyo mamlakatlari ham birgalikda harakat qilişi zarur.

U Özbekistonning sammitda iştiroki siyosiy va ramziy jihatdan muhim ekanini, bu mamlakatga bölgan işonç va uning xalqaro maydondagi nufuzini ifoda etişini ta’kidlagan.

Ma’lumot örnida: 22 yanvar kuni prezident Şavkat Mirziyoyev Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi doirasida AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan Tinçlik kengaşi böyiça kelişuvni imzolagan, marosimda Yaqin Şarq, Janubiy Amerika, şuningdek Yevropa va Janubiy Kavkaz davlatlari vakillari iştirok etgan.