Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 22:21 / 17.04.2018
5105
1 daqiqa o‘qiladi
Ikki mavsumda 60ta gol urgan gollandiyalik hujumchi xalqaro faoliyatini yakunladi
Foto: Twitter/@Sporting_CP
Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman Lissabonning «Sporting» klubi hujumchisi Bas Dost xalqaro faoliyatini yakunlaganini aytdi.
«Bas menga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z qarorini aytdi. Bundan ranjidim, chunki uning xizmatiga tayanmoqchi edim. Biroq, uning qarorini hurmat qilaman» - dedi Kuman.
28 yoshli Dost so‘nggi ikkita mavsumni «Sporting» tarkibida o‘tkazib, 83ta o‘yinda 67ta gol urgan. Gollandiya terma jamoasida esa 18ta o‘yin o‘tkazib, 1ta golga mualliflik qilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish