Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ehtiyot bo‘ling: Hatto birgina miya chayqalishi ham Parkinson kasalligi rivojlanish xavfini oshiradi
Miya chayqalishi va boshqa jarohatlarning uzoq muddatli asoratlari amerikalik olimlarni anchadan beri qiziqtirib keladi. Bunga amerikacha futbolning mashhurligi ham sabab bo‘ldi. Milliy futbol ligasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar liganing xavotirlarini tasdiqladi va butun dunyoni ogohlantirdi: hatto birgina miya chayqalishi ham Parkinson kasalligi rivojlanishi xavfini oshirar ekan.
Neurology jurnalida taqdim etilgan tadqiqotda Veteranlar sog‘lig‘ini saqlash boshqarmasi ma'lumotlaridan foydalanildi. Ushbu ma'lumotlar asosida keyinchalik umri davomida Parkinson belgilari kuzatilgan kishilarning miyasi faoliyati bilan bog‘liq muammolar taqqoslandi. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, ilgari miya chayqalishidan shikoyat qilgan Parkinson kasalligidan aziyat chekuvchi kishilar sonining keskin oshgani aniqlangan.
"Jangovor xatti-harakatlar veteranlari orasida miya chayqalishi hatto demografik, psixiatrik va boshqa kasalliklar omiliga tuzatish kiritgandan keyin ham Parkinson kasalligi xavfining 56 foizga oshishiga olib keladi", - deb yozishmoqda olimlar. - Bu esa miya chayqalishi profilaktikasi, ularga yo‘liqqan kishilarni uzoq muddatli nazorat qilish va bemorlar uchun xavf omillarini aniqlash mexanizmining muhimligini yana bir bor tasdiqlaydi".
Har yili o‘n millionlab kishilarga miya chayqalishi tashxisi qo‘yiladi, qanchasi esa tashxis ham qilinmaydi...
Umuman olganda, Parkinson kasalligi rivoji xavfi hozircha u qadar yuqori emas. Shunday bo‘lsa-da, tadqiqot mualliflari jamoaviy sport va hatto yakkakurash bilan shug‘ullanadigan kishilarning hayoti davomida takroriy miya chayqalishlari ularning kelajagiga ta'sir qilishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda. O‘zingiz va miyangizni asrang!