Sport | 22:04 / 22.04.2018
3671
4 daqiqa o‘qiladi

«Latsio» yirik g‘alabaga erishdi, A Seriyani tark etadigan ilk jamoa nomi aniq

Foto: Latsio matbuot xizmati

Italiya chempionatining 34-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Tur doirasida Rimdagi «Olimpiko» stadionida «Latsio» va «Sampdoriya» jamoalari o‘rtasida kechgan bahs mezbonlarning yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

G‘oliblar safida gollarga havbek Sergey Milinkovich-Savich, himoyachi Stefan de Vrey va hujumchi Chiro Immobile (dubl) mualliflik qilishdi.

34-tur doirasida kechgan boshqa uchrashuvlarda Milanning «Inter» klubi «Kevo»ni yengdi (2:1), «Atalanta» o‘z maydonida «Torino»dan ustun keldi (2:1), «Udineze» «Krotone»ga yutqazdi (1:2), «Kalyari» va «Bolonya» uchrashuvida hisob ochilmadi (0:0).

Bu natijadan keyin «Latsio» 67 ochko to‘plagan holda shuncha ochkosi bor «Roma»dan keyingi to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi, «Inter» 66 ochko bilan beshinchi o‘rinda. «Atalanta» hisobida 55 ochko bor, bu jamoa oltinchi o‘ringa ko‘tarilib, «Milan»ni yevrokuboklar hududidan chiqarib yuborgan. «Sampdoriya» 51 ochko bilan sakkizinchi, «Torino» 47 ochko bilan - 10-o‘rinda joylashgan.

«Krotone» 31 ochkosi bilan 17-o‘rinda va bu jamoaga 20-o‘rindagi «Benevento» yeta olmaydi (17 ochko). «Benevento» qolgan turlarda qanday natijalar qayd etilishidan qat'i nazar A Seriyani tark etishi aniq bo‘lgan.

Italiya chempionati
34-tur

Latsio – Sampdoriya 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 32 Milinkovich-Savich, 2:0 – 43 de Vrey, 3:0 – 85 Immobile, 4:0 – 88 Immobile.
Latsio – Strakosha, de Vrey, Radu, Marushich, Kaseres, Milinkovich-Savich, Lulich, Felipe Anderson (Nani, 79), Parolo (Lukaku, 19), Leyva (Di Djyennaro, 87), Immobile.
Sampdoriya – Viviano, Ferrari, Strinich, Bereshinski, Andersen, Barreto, Torreyra, Ramires (Linetti, 66), Prat, Sapata (Kualyarella, 60), Kaprari (Kovnatski, 53).
Ogohlantirishlar: Leyva (24), Prat (25), Torreyra (67).

Kevo – Inter 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 50 Ikardi, 0:2 – 61 Perishich, 1:2 – 90 Stempinski.
Kevo – Sorrentino, Bani, Yaroshinski (Kastro, 60), Kachchatore, Tomovich, Rigoni, Radovanovich, Djakkerini (Birsa, 67), Xetemay, Ingleze, Puchcharelli (Stempinski, 83).
Inter – Xandanovich, Shkrinyar, D`Ambrozio, Joau Kanselu, Miranda, Valero (Vesino, 77), Brozovich, Rafinya, Perishich (Kandreva, 89), Ikardi, Karamo (Santon, 67).
Ogohlantirishlar: Joau Kanselu (45), Puchcharelli (75).

Kalyari – Bolonya 0:0 (0:0, 0:0)
Kalyari – Krano, Cheppitelli, Kastan, Pizakane (Romanya, 90), Chigarini, Ionitse (Likoyannis, 81), Farago, Padoin, Barella, Pavoletti, Sau (Xan Kvan Son, 65).
Bolonya – Mirante, Romanoli (Mbayye, 61), Masina, De Meo, Gonsales, Djyemaili, Poli (Kreychi, 87), Orsolini, Krisetig (Nad, 77), Verdi, Palasio.
Ogohlantirishlar: Gonsales (23), Krisetig (25), Djyemaili (35), Padoin (38), De Meo (63), Nad (86), Chigarini (86), Likoyannis (87).

Udineze – Krotone 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – 5 Lazanya, 1:1 – 7 Simi, 1:2 – 86 Faraoni.
Udineze – Bissarri, Larangeyra, Samir, Adnan, Larsen, Barak, Fofana, Bexrami (Balich, 71), Vidmer (Dzampano, 53), Lopes (Yankto, 62), Lazanya.
Krotone – Kordats, Chekkerini, Martella, Faraoni (Ayyeti, 90), Kapuano, Barberis, Mandragora, Roden, Nalini (Richchi, 65), Trotta (Sampirizi, 73), Simi.
Ogohlantirishlar: Behrami (58), Yankto (68).

Atalanta – Torino 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 53 Froyler, 1:1 – 56 Lyayich, 2:1 – 64 Gosens.
Atalanta – Berisha, Kaldara, Manchini (Bastoni, 80), Gosens, Toloi, Kristante, de Ron, Gomes, Froyler, Xatebur (Kastan, 46), Barrou (Kornelius, 86).
Torino – Sirigu, Burdisso, Moretti, Ansaldi, Nkulu, Edera (Nyang, 84), Akkua (Berenger, 76), Lyayich, Rinkon, Bonifatsi (Molinaro, 67), Belotti.
Ogohlantirishlar: Kaldara (50), de Ron (54), Ansaldi (83), Moretti (90).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid