Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda qariyb 104 mln dollarlik eksport shartnomalari imzolandi
Foto: chamber.uz
Avval xabar berganimizdek, Samarqand shahrida O‘zbekiston va Tojikiston davlati ishbilarmon doira vakillari ishtirokida O‘zbekiston-Tojikiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumning tantanali ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev va Tojikistonning So‘g‘d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Jamshid O‘roqov ishtirok etdi, deb yozadi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi rasmiy sayti.
Biznes-forumni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki davlatning umumiy transport-kommunikatsiyaviy imkoniyati va tranzit salohiyatidan to‘la foydalanish orqali o‘zaro tovar aylanmasi hajmini son va miqdor jihatidan oshirish, sanoat mahsulotlari milliy ko‘rgazmasini tashkil etish hisobiga tadbirkorlarimiz o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini mustahkamlashdan iborat.
Unda Tojikistonning 200 dan ortiq ishbilarmonlar hamda 200 ga yaqin maxalliy yirik korxona va kompaniya vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar uchun ikki mamlakatda investorlar uchun yaratilayotgan sharoit, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, soliq va bojxona imtiyozlari haqida muhim ma'lumotlar berilib, mavjud iqtisodiy imkoniyatlar taqdimoti o‘tkazildi.
Tojikistonlik ishbilarmonlarning tashrifi doirasida ikki mamlakat tadbirkorlari uchun kooperatsion birja ham o‘tkazilib, unda ishbilarmonlar o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma investitsion loyihalarni amalga oshirish xamda manfaatli shartnomalarni imzolash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Forum doirasida shuningdek, Samarqand viloyati va Tojikistonning So‘g‘d viloyatining ishlab chiqaruvchi korxonalar, tadbirkorlar va hunarmandlar mahsulotlarining ko‘rgazmasi tashkil etildi.
O‘tkazilgan tadbirlar doirasida qariyb 104,0 mln AQSh dollari miqdorida eksport shartnomalari imzolandi.
Mavzuga oid
16:51 / 08.11.2023
O‘zbekiston mahsulotlari uchun yangi bozorlarni ochish imkoniyati – IHT doirasidagi biznes-forumdan reportaj
12:50 / 21.10.2023
O‘zbekiston, Rossiya va Tatariston ishbilarmonlar biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
07:47 / 18.09.2023
Vashingtonda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Amerika biznes-forumi yakunlari bo‘yicha 12 ta hujjat imzolandi
11:41 / 07.09.2023