Senat raisi Tanzila Norboyeva boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi rasmiy taşrif bilan Belarusda bölib turibdi. 6 sentabr kuni taşrif doirasida Minsk şahrida Özbekiston – Belarus biznes doiralari va tadbirkor ayollar birinçi biznes-forumi bölib ötdi.
Forum doirasida taşkil etilgan “Tadbirkorlikdagi ayollar – Belarus va Özbekiston örtasidagi işbilarmonlik hamkorligini rivojlantiriş salohiyati” mavzusidagi yalpi majlisni Özbekiston Senat raisi va Belarus Milliy majlisi respublika kengaşi raisi kiriş sözi bilan oçib berdilar.

Yengil sanoat sohasida hamkorlikni kengaytiriş, ilğor texnologiyalar almaşiş, mato, kiyim-keçak, poyabzal, möyna va çarm mahsulotlari işlab çiqaruvçilar örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş hamda IT sohasida aloqalarni rivojlantiriş, tadbirkorlik, ayniqsa ayollar uçun raqamli mahsulotlarni birgalikda işlab çiqiş, xotin-qizlarni raqamli iqtisodiyotga jalb etiş, ayollarning bu boradagi savodxonligi va malakasini oşiriş böyiça tajriba almaşiş ikki mamlakat işbilarmonlari uçun birdek manfaat keltirişi ta’kidlandi.

Forum sönggida yakuniy hujjat (deklaratsiya) qabul qilindi. Unda savdo-iqtisodiy, investitsiya, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-madaniy, ta’lim, gumanitar, turizm va özaro manfaatli boşqa sohalardagi hamkorlikni kuçaytiriş masalalari aks etdi.
Ikki mamlakat tadbirkor ayollari örtasida B2B formatida ötkazilgan uçraşuvlar natijasida 92 mln dollar miqdorida 42 ta şartnoma va 17 ta memorandumlar imzolandi.













