23:14 / 22.04.2018
7904

Jyeyms Bondning Aston Martin mashinasi deyarli yarim million dollarga sotildi

Foto: Mir24.tv

Josus 007 Jyeyms Bond haqidagi filmlardan birida ko‘rish mumkin bo‘lgan Aston Martin Centenary Edition Vanquish avtomobili Christie's auksionida 468,5 ming dollarga sotildi.

Auktsion 20 aprelda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan. Savdolarni “qizdirish” uchun unda Bondning rolini ijro etgan aktyor Deniel Kreygning o‘zi ham ishtirok etgan.

Avtomobil haqida gapiradigan bo‘lsak, u Aston Martin kompaniyasining 100 yilligiga 2014 yilda 100 dona miqdorda ishlab chiqarilgan.  

Mashinalar yengil alyuminiy platformada yaratilgan va dvigateli ishchi hajmi 7,3 litrni tashkil qiladi va 760 ot kuchiga ega. Mashinaning maksimal tezligi  295 km/soatni tashkil qiladi. 

Sotuvga qo‘yilgan avtomobil qo‘lda yig‘ilgan va oliy sifatli charm qoplama, alkantara va polirovka qilingan alyuminiydan antiqa bezak olgan. Uning yaratilishida Kreygning shaxsan o‘zi ishtirok etgan.

Auktsion tashkilotchilari mashina uchun 600 ming dollar olishni kutgan bo‘lsalar-da, qo‘lga kiritilgan summa ham mo‘maygina bo‘lgan. Xaridor nomi ma'lum qilinmagan, biroq shunisi ma'lumki, olingan mablag‘lar balog‘atga yetmaganlar bilan ishlovchi The Opportunity Network tashkilotiga yo‘naltiriladi.

Mavzuga oid
Top