Putin Sarkisyan bilan Armanistondagi joriy holatni muhokama qildi
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan bilan Armanistondagi joriy holatni muhokama qildi, deb xabar bermoqda Kreml matubot xizmati.
«Armanistondagi joriy holat muhokama qilindi. Vladimir Putin va Armen Sarkisyan ichki inqirozni tezroq bartaraf qilish uchun mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlar tiyilishi va mas'uliyatni his qilishi lozimligi, mavjud muammolarni qat'iy va konstitutsion doirada hal qilish uchun tayyor ekanligini namoyish etishi kerakligini ta'kidlashdi», — deyiladi xabarda.
Armanistonning sobiq prezidenti Serj Sargsyanning mamlakat bosh vaziri etib saylanishiga qarshi aksiyalar 13 aprel kuni boshlangan edi. Muxolifat ikki muddat prezidentlik kursisida o‘tirgan Sargsyanni samarasiz boshqaruv va mamlakatdagi iqtisodiy ahvolning yomonlashuvida ayblamoqda. 17 aprel kuni muxolifat «baxmal inqilob» boshlanganini e'lon qildi. Noroziliklarga qaramasdan, Armaniston parlamenti o‘sha kuniyoq Sargsyanni vazirlar mahkamasi rahbari etib sayladi. Oradan bir hafta o‘tgach, 23 aprel kuni davom etayotgan norozilik aksiyalari fonida Sargsyan iste'fo berdi. Bu voqealargacha Armanistonda konstitutsiyaga kiritilgan mamlakat bosh vaziriga keng vakolatlar beruvchi o‘zgartirishlar kuchga kirgan edi.
Mavzuga oid
04:02 / 24.01.2022
Armaniston prezidenti kutilmaganda iste’foga chiqdi. U Pashinyan bilan ziddiyatda edi
22:30 / 03.05.2021
Armaniston prezidentiga nisbatan ikki fuqarolikni yashirgani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atildi
18:10 / 02.03.2021
Armaniston prezidenti bosh shtab boshlig‘ini ishdan bo‘shatishni yana bir bor rad etdi
21:56 / 27.02.2021