Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada «ArBat» batalyoni asoschisi xudkush tomonidan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi
FXX turar joy majmuasida kuzatuv kamerasidan olingan videoni e’lon qildi. Tasvirda ikki erkak gazeta bilan divanda o‘tirgan odamning yonidan o‘tayotgani va shu payt portlash sodir bo‘lganini ko‘rish mumkin.
«ArBat» ko‘ngillilar batalyoni asoschisi Armen Sarkisyan («Armen Gorlovskiy») halok bo‘lgan portlashni xudkush sodir etgan. Bu haqda Rossiya FXX xabar berdi.
FXX Moskvadagi «Alyye parusa» turar joy majmuasi foyesidagi kuzatuv kamerasidan olingan videoni e’lon qildi.
Tasvirda ikki erkak gazeta bilan divanda o‘tirgan odamning yonidan o‘tayotganini va shu payt portlash sodir bo‘lganini ko‘rish mumkin.
FXX Sarkisyanning o‘ldirilishi Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan uyushtirilgan va ijrochidan ko‘r-ko‘rona foydalanilgan, deb hisoblamoqda.
«2025 yil boshidan beri Ukraina maxsus xizmatlari qo‘poruvchilik ssenariysiga tobora ko‘proq murojaat qilmoqda, buning oqibatida ijrochilar nishon bilan birga yo‘q qilinmoqda. Misol tariqasida Moskva shahridagi «Alyye parusa» turar-joy majmuasida, Stavropol va Lugansk shaharlarida sodir etilgan teraktni keltirish mumkin, unda Ukraina maxsus xizmatlari nazorati ostida harakat qilgan Rossiya Federatsiyasining uch fuqarosi halok bo‘ldi», deyiladi FXX xabarida.
Portlash 2025 yil 3 fevral kuni Aviatsiya ko‘chasidagi turar joy majmuasida sodir bo‘lgan edi. Dastlab bir kishi halok bo‘lgani va to‘rt kishi yaralangani aytildi. Yaradorlar orasida Sarkisyan ham bor edi, u olgan jarohatlari tufayli shu kuni shifoxonada vafot etdi.
Iyul oyida Tergov qo‘mitasi terakt ishi bo‘yicha kamida 6 nafar shaxs tergov qilinayotgani haqida xabar berdi.
«Bir shaxs Ukrainada yashirinib yuribdi. Qo‘lga olinganlar yashirinishga urinib ham ko‘rmagan, ular hech qachon qo‘lga olinmaymiz, deb hisoblagan... Jinoyatchilar konspiratsiyaga rioya qilgan, telefon aloqasidan foydalanmagan, ularni Ukrainadan muvofiqlashtirishgan. Asosiy ishda noqonuniy migratsiya bo‘yicha ham materiallar bor: yana besh nafar ayblanuvchi «rezina kvartira» tashkil qilgan, unda portlatuvchi shaxs ro‘yxatga olingan. Ularning barchasi jinoiy javobgarlikka tortiladi», dedi Rossiya Markaziy razvedka boshqarmasi vakili Maksim Denisov.
«ArBat» batalyoni 2022 yilda Donetsk viloyati Gorlovka shahrida tashkil etilgan. Uning a’zolari Rossiya tomonida Ukrainaga qarshi janglarda ishtirok etgan.
Mavzuga oid
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026
Kiyevdagi otishma: «Moskvada tug‘ilgan shaxs» o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi
19:23 / 06.04.2026