Ikkinçi jahon uruşi boşlanganida köp qatori şahrisabzlik aka-uka Öroq hamda Rauf Pardayevlar frontga safarbar qilinadi. 1944 yil 6 oktabrda Rauf Pardayevni bedarak yöqolgani haqida xat keladi, deb yozmoqda «Özbekiston ovozi» naşri.

Şahrisabz tuman voyenkomati şu munosabat bilan oilani kunlik olib turadigan non kartoçkasidan mahrum qiladi. Jangçining volidai muhtaramasi Anbaroy ona öğliga aza oçmaydi — farzandim tirik, u ölmagan, degan umid bilan yaşaydi.

Oradan bir neça oy ötib, xuşxabar keladi. Bu — 1945 yilning boşlarida Rauf Pardayevning öz qöli bilan frontdan yozgan xati edi.

Şörlik ona öğlidan kelgan xatni tuman voyenkomatiga olib borib körsatadi. Şundan söng Rauf Pardayev xizmat qilayotgan harbiy qismga sörovnoma yuboriladi. Lekin javob olingan-olinmaganligi noma'lum. Öroq Pardayev 1945 yil uruşdan qaytganidan keyin ham ukasi bilan xat yozişib turgan. Uruşdan söng Rauf Pardayev xizmat qilgan harbiy qismlarga xat yozib, ukasining 19858-harbiy qismda xizmat qilayotganini tasdiqlab berişlarini söraydi. Afsuski, ularning hammasidan «Ukangiz Rauf Pardayev 1944 yilning oktabrida bedarak yöqolgan», degan mazmunda javob olinadi.

Şundan söng Öroq Pardayev ukasiga xat yozib, unga bedarak yöqolgani haqidagi xabarnoma nusxasini qöşib jönatadi. Mana, qölimizda 1946 yil 10 iyul sanasi bilan Rauf Pardayevdan kelgan javob xati: «Aka, men sizlardan bitta xat olgan edim. Içida spravka bor ekan. Uni komandirga körsatdim. U mening haqiqatan ham harbiy qismda xizmat qilayotganim töğrisida voyenkomatga xat jönatdi. Xatimga tezlikda javob yozinglar». Bu xat Germaniyadan yuborilgan bölib, harbiy qism komandiri ¬Şahrisabz tuman voyenkomatiga Rauf Pardayevning bedarak ketmaganini, hozir 19858-harbiy qismda xizmat qilayotganini tasdiqlovçi hujjat jönatadi. Biroq bu hujjatning ham taqdiri noma'lumligiça qoladi...

Rauf Pardayevning Germaniyadan yozgan oxirgi xati 1946 yil 22 sentabr sanasi bilan qayd etilgan. «Sizlardan köpdan buyon xat olganim yöq. Xudo xohlasa, tez kunda uyga qaytaman. Soğ-omon bölinglar», degan mazmundagi xatga «Dala poçtasi» tomonidan 1946 yil 25 sentabr tamğasi qöyilgan. Şundan keyin undan xabar bölmadi...

1975 yilda Rayhon Pardayeva işlab çiqariş ilğori sifatida Moskvada ötkazilgan ğalabaning 30 yillik bayramiga taklif etiladi. U öşa yerda uruşda bedarak yöqolgan amakisi Rauf Pardayevni qidirib topişga amaliy yordam berişlarini sörab iztoparlar otryadiga murojaat qiladi va bu murojaat «Krasnaya zvezda» gazetasida bosilib çiqadi.