Ikkinçi jahon uruşida natsistlar öz duşmanlari ustidan dahşatli razilliklarni amalga oşiradi. Buning uçun ular mahbuslarni maxsus konslagerlarda saqlagan.

Şunday konslagerlardan biri Mauthauzen Yuqori Avstriyaning markazi Lins şahridan 20 km şarqda joylaşgan edi.

Mauthauzen Yevropadagi eng yirik lagerlar kompleksining markazi bölgan. Garçi şarqiy Germaniya va Avstriyada yuzga yaqin konslagerlar bölsa-da, Mauthauzen şaroit jihatdan eng yomon lagerlardan biri bölgan.

Lagerning birinçi mahbuslari 1938 yil 8 avgustda olib kelinadi. Ularning barçasi muxolif bölgan nemis va avstraliyaliklardan iborat edi.

Natsistlarning özi ham lagerni "göşt qiymalagiç" deb atagan va unga eng oğir darajadagi "tuzatib bölmas" mahbuslarni olib kelişgan. Odatda, mahbuslar kuçli mehnat sabab vafot etardi.

Mauthauzen lageri. Oldin va hozir

Mahbuslar lagerda granit qazib oliş korxonasida işlaşgan. Aynan şu hududning tanlanişiga uning Lins şahriga yaqinligi sabab bölgan. Gitler mahbuslar mehnatidan foydalanib Lins şahrini töla qayta qurişni reja qilgandi.

Mauthauzen konslagerida 186 talik zina bölib, mahbuslar har kuni bir neça marta oğirligi 50 kilogrammgaça bölgan toşlarni tepaga olib çiqişlari kerak edi. Qança mahbus toşlarni kötara olmay zinada tuşirib yuborar, pastga qulagan toşlar esa dahşatli effekt yaratardi: pastga qulayotib yuqoriga kötarilayotgan mahbuslarning tanasi, qöli yo oyoğiga tuşib ketardi. Şu asnoda zinapoyada har kuni ölimlar sodir bölgan.