Ikkinçi jahon uruşidagi eng yirik sotqinlik – general Vlasov nega öz armiyasi bilan nemislar tomonga ötib ketgandi?
|20:52 / 09.06.202465 32118 min
Nemislar tuzgan Rossiya ozodlik armiyasi qömondoni bölgan general Vlasov 1945 yil bahorda sovet harbiylari tomonidan hibsga olinadi. Söng yaşirinça Moskvaga keltirilib, sud qilinadi va 1946 yilda ölim jazosiga hukm qilinadi. Generalni sud qilib jazolagan sovetlar bu işni SSSR parçalanib ketguniça ommadan yaşirişadi.
Foto: Russkaya semerkaFoto: Russkaya semerka
Avvalboşdanoq zöravonlik ustiga qurilgan SSSRda XX asrning birinçi yarmi muhim örin tutadi. Bu davlatda 1922 yildan 1953 yilgaça 31 yil davomida Iosif Stalin hukmronlik qilgan.
Stalin nafaqat SSSR tarixida, balki jahon tarixida eng yovuz va qonxör şaxslar qatorida eslanadi. Axir uning hukmronlik yillarida turli bahonalar bilan millionlab odamlar öz uylaridan badarğa qilindi, qamaldi, öldirildi...
Avvaliga «oq gvardiyaçilar»ga qarşi kuraş, kollektivlaştiriş, keyin “mamlakatni yot unsurlardan tozalaş”, ikkinçi jahon uruş davrida “sotqinlar” eng oxirida esa “imperializm tarafdorlari” kabi ayblovlar bilan millionlab insonlar mahv etilgan.
Stalin va Beriyaning ana şunday yovuz işlaridan biri, öz vatanida yaşab turgan bir qança millatlarni sotqinlikda ayblab, boşqa joylarga quvğin qilgani bölgan.
Lavrentiy Beriya va Iosif Stalin
Foto: maxpark.com
Jumladan:
Qoraçoy ASSRda (avtonom respublika) yaşovçi qoraçoylar 1943 yil 12 oktyabrda;
Qalmiqiya ASSRda yaşovçi qalmiqlar 1943 yil 27 dekabrda;
Çeçen-inguş ASSRda yaşovçi çeçenlar va inguşlar 1944 yil 29 yanvarda;
Bolqor ASSRda yaşovçi bolqorlar 1944 yil 24 fevralda;
Qrim ASSRda yaşovçi qrim-tatarlar 1944 yil 10 mayda;
Gurjistonda yaşovçi mesxeti turklar 1944 yil 14 noyabrda quvğin qilinadi.
Agar qaysidir millatni “nemislarga sotilgani” uçun jazolaş kerak bölsa, birinçi navbatda ruslarning özini ayblaş töğriroq bölardi.
Şu örinda rus generali Vlasovni eslaş kifoya. Uruş ayni avjiga çiqqan va har bir askarning örni muhim bölgan paytda general Vlasov qöl ostidagi katta armiya bilan nemislarga jangsiz asir tuşadi.
Oqibatda generalning bu iş sovet armiyasining kuçsizlanişiga va uruşning yanada uzoq davom etişiga sabab böladi.
Mavzuga oid
Ana şunday holatda Stalin va Beriyaning haqiqiy sotqinlar qolib aybi bölmagan boşqa millatlarni sotqinlikda ayblaşi va ularni öz vatanidan badarğa qilişi “gruzin hamda rus bölmaganlar”dan öç olişdan boşqa narsa emasdi.
Sovet tuzumining adolatsizligi şunda ediki, uruş tugagandan söng SSSR parçalanib ketguniça general Vlasovning sotqinligini eslaş taqiqlangandi.
Biroq uruş paytida nohaq ayblanib surgun qilingan millatlar garçi ularning aybsiz ekani ma’lum bölsa-da, har qadamda kamsitilardi.
Foto: sirjones.livejournal.com
Bugungi kunda Hitler Germaniyasi ustidan qozonilgan ğalabani tamomila “öziniki” qilib olgan Rossiyaning “psevdo” tarixçilari general Vlasovning sotqinligini oqlab, “Boşqalar pand bergani uçun u öşanda majbur bölgan edi” deb xaspöşlaşga urinişmoqda.
Aslida esa nemislar qurşovga olganda uni yorib çiqib ketiş imkoniyati bölgan holda general Vlasov qöl ostidagi armiya bölinmalari bilan qarşilik körsatmasdan taslim böladi.
General Vlasov kim bölgan?
Andrey Vlasovning millati rus bölgan va u 1901 yilda Nijyegorod guberniyasida tuğilgan. 1919 yilda Vlasov Qizil armiyaga xizmatga çaqirilgan.
U 1922 yilgaça Rossiyada sovet hokimiyati örnatilişiga qarşi bölgan kuçlarga qarşi janglarda qatnaşgan. 1929 yilda oliy harbiy kursni, 1935 yilda harbiy akademiyani bitirgan.
1937 yilda Vlasov öqçi diviziyalardan birida polk komandiri etib tayinlanadi. Köp ötmay diviziya komandiri yordamçisiga aylanadi.
1939 yil kuzda Vlasovni Xitoyga yuborişadi. Öşa paytda bu davlatning şarqiy qismi va Manjuriya Yaponiya qöl ostida edi. Oradan bir yil ötgaç u Xitoydan qaytib keladi.
Zamondoşlarining eslaşiça, Vlasov Xitoydan öz ixtiyori bilan qaytmagan. Sovet hukumati uning işidan köngli tölmagan va Vlasovni Moskvaga çaqirib olgan.
Vlasov uruş arafasida
Foto: russian7.ru
Öşanda Moskvaga qaytgan Vlasovdan Xitoy respublikasi rahbari Çan Kayşi tomonidan berilgan Oltin ajdarho ordeni va uning xotini sovğa qilgan qimmat soat tortib olinadi.
Bunga sabab öşa paytlarda sovetlar Çan Kayşini emas, Xitoyda kommunistik tuzum örnatişga urinayotgan Mao Tszedunni qöllayotgani edi.
1940 yilda Vlasov 99-öqçi diviziya komandiri etib tayinlanadi. Bu paytda u general unvonini olib bölgandi.
Vlasovning diviziya komandiri bölişi tarixi bor. U Xitoydan qaytgaç eski işi diviziya komandiri yordamçisi vazifasiga qaytariladi. Şunda Vlasov diviziya komandiri nemislarning taktikasini qunt bilan örganayotgani haqida Moskvaga batafsil “yozib yuboradi”.
Şundan söng diviziya komandiri hibsga olinadi va örniga Vlasov tayinlanadi. Köp ötmay “siyosiy huşyorligi” uçun general “Qizil bayroq” ordeni bilan taqdirlanadi.
1941 yil yanvarda Vlasov Kiyev harbiy okrugi tarkibida bölgan 4-mexanizatsiyalaşgan korpus qömondoni etib tayinlanadi.
Uruşning ilk davrida
Nemislar SSSRga bostirib kirgan paytda Vlasov 4-mexanizatsiyalaşgan korpus jangçilari bilan Lvov himoyasida qatnaşadi. Kuçlar teng kelmagani uning armiyasi ortga çekinadi.
Öşanda uning bu işi Ukraina mudofaasiga mas’ul bölgan Nikita Xruşçyov tomonidan yuqori baholanadi. Aynan Xruşçyovning tavsiyasi bilan Vlasovni Kiyevni himoya qilayotgan 37-armiya qömondoni etib tayinlaşadi.
Foto: russian7.ru
1941 yil sentabrda Kiyev uçun bölgan janglarning birida Vlasov yaralanadi va gospitalga yotqiziladi. Soğayganidan söng Stalin uni Moskvaga çaqirib oladi va poytaxt himoyasi uçun taşlangan 20-armiya qömondoni etib tayinlaydi.
1941 yil 5 dekabr kuni Vlasov boşçiligidagi 20-armiya jangçilari Kremldan 32 km uzoqlikda nemislarning 4-tank armiyasini töxtatib qolişga muvaffaq böladi.
Şuningdek, 20-armiya jangçilari nemislarga Volokalamsk va Solneçgorsk yönalişlarida ham muvaffaqiyatli qarşilik körsatadi.
1941 yil 13 dekabr kuni Sovinformbyuro nemislarning Moskvaga qilgan yirik hujumi töxtatib qolingani haqida xabar tarqatadi. Xabarga ilova qilingan fotosuratda bir guruh qömondonlar orasida general Vlasov ham bor edi.
Moskva himoyasida qatnaşgan qömondonlar. Pastki qator, çapdan birinçida Vlasov
Foto: Zona.kz
1942 yil yanvarda Vlasov yana Qizil bayroq ordeni bilan taqdirlanadi. Unga general-leytenant harbiy unvoni ham beriladi.
1942 yil 8 mart kuni Vlasov armiyasi bilan Leningrad himoyasi taşkil etilgan Volxovsk frontiga yuboriladi. 20 aprel kuni u 2-zarbdor armiya qömondoni etib tayinlanadi.
Asirga tuşiş va nemislar bilan hamkorlik
1942 yil iyun oyida Vlasov boşçiligidagi armiya Volxovsk frontida nemislarga qarşi janglarda qatnaşadi. 25 iyunda duşman general boşçilik qilayotgan armiyani qurşab keladi.
Vlasov sovet harbiylari bilan. Öngdan ikkinçi
Foto: idiotcol.livejournal.com
Öşanda Vlasovning oldida ikkita yöl bor edi. Biri duşmanga qarşi mardonavor jang qiliş. Bunda general va uning qöl ostidagilarni oğir janglar va yöqotişlar, balki muqarrar ölim kutayotgandi.
Ikkinçisi qurşovdan çetda qolayotgan tor yölak orqali ortga çekiniş. Bunda yöqotişlar kamroq bölişi va asosiy armiya xavfsiz joyga çekinişi mumkin edi.
Ana şu joyda Vlasov mutlaqo kutilmaganda uçinçi yölni tanlaydi. Uning buyruği bilan jangçilar duşmanga qarşilik körsatmaydi va 1942 yil 11 iyul kuni general boşçiligidagi armiya nemislarga taslim böladi.
Vlasov va uning armiyasi jangsiz taslim bölgandan keyin Vinnitsadagi harbiy asirlar lageriga joylaştiriladi. Dastlabki söroqdayoq nemislar Vlasovga Rossiya ozodlik armiyasiga (ROA) qömondonlik qilişni taklif etadi, u rozi böladi.
Nemislar Vlasovga uruşda ğalaba qozonganlaridan söng Rossiyada yangi davlat barpo etişlarini va generalga boş qömondonlik vazifasini topşirişlarini aytişadi.
Şundan söng Vlasov özi bilan asirga tuşgan jangçilarning bir qismini ROA tarkibiga ötişga köndiradi. Şuningdek, ROA safiga boşqa joylarda asirga tuşgan sovet harbiylar ham qöşiladi. Natijada Vlasov qöl ostida yirik armiya jamlanadi.
Turli ma’lumotlarga köra, Vlasov qömondonlik qilgan ROA tarkibida harbiy asirlardan iborat 200 ming nafargaça jangçi bölgan va ular sovet armiyasiga qarşi janglarda aktiv qatnaşgan.
1943 yilda Vlasovning oçiq xati e’lon qilinadi. “Men nega bolşivizmga qarşi kuraş yöliga ötdim?” deb nomlangan xatda u asosan Stalinni tanqid qilgan va boş maqsadi sovet rahbarini ağdarib, Rossiyada fuqarolarga erkinlik beradigan davlat quriş ekanini ta’kidlagandi.
Bu oçiq xat bilan Vlasov va uning nemis hamkorlari bir neça maqsadni közlagan edi. Jumladan, frontning orqa tomonida, sovet fuqarolari orasidan tarafdor töplaş, xalqni Stalinga qarşi qöyiş va asirga tuşga sovet jangçilarini ROA tarkibiga yanada köproq jalb qiliş möljallangandi.
Biroq öşa paytda sovet fuqarolarida nemislarga qarşi kuçli nafrat şakllangani uçun Vlasovning oçiq xatiga heç kim uçmaydi. Buning ustiga garçi ön millionlab sovet fuqarolarini qatağon qilgan bölsa ham uruş boşlangaç Stalinning qahramonligi keng tarğib qilinadi.
Natijada xalqda qonxör hukmdorga qarşi kayfiyat, nafrat yöqoladi va hamma faqat ğalabani öylay boşlaydi. Şu sababli Vlasovning oçiq xati nemislar uçun heç qanday naf keltirmaydi.
Öşa paytlarda ROA rus tilida bir neçta gazeta çop etardi va ularda sovet tuzumiga qarşi keng tarğibot olib boriladi. Gazetalar ROA jangçilari orasida tarqatiladi, samolyotlar bilan frontning orqa qismida, SSSR hududiga soçilardi.
Foto: bbs.tiexue.net
Vlasovning asosiy hammaslaklari
Vlasov ROAga qömondonlik qilar ekan, yirik armiyani boşqarişda unga yondamçilar zarur edi.
Şu sababli general ROAga özidan biroz avval asir tuşgan va sovetlar tomonidan bedarak yöqolgan deb hisoblangan general-leytenant Georgiy Jilenkovni ham jalb qiladi. U ROAda Vlasovning öng qöli bölgan.
Jilenkov 1941 yil oktyabrda bölgan janglardan birida nemislarga asir tuşadi. Söng kimligini yaşirib, oddiy askar sifatida Germaniya armiyasida haydovçilik qilib yuradi. 1942 yil may oyida uni asirga tuşgan sovet askari tanib qoladi va nemislarga tutib beradi.
Köp ötmay Vlasov ROA qömondoni bölgaç Jilenkovni yoniga çaqiradi. Şu tariqa u Vlasovning öng qöliga aylanadi va ROAning tarğibot işlari böyiça bölimini boşqara boşlaydi.
Vlasovning yana bir yordamçisi general-mayor Fedor Truxin bölgan. Bu general uruşning ilk haftalarida nemislarga asirga tuşgan edi. Keyinçalik Vlasov uni ham yoniga oladi.
Bundan taşqari, Vlasovga ROAni boşqarişda general-mayor Grigoriy Zverev, general-mayor Viktor Malsev, general-mayor Sergey Bunyaçenkolar yordam berişgan.
Vlasov yordamçilari bilan
Foto: Community.livejournal.com
Bularning uçalasi ham sovet armiyasida polkovnik unvoniga ega bölişgan. Asirlikda ROA safiga qöşilganidan söng nemislar uçalasiga ham general-mayor unvonini bergan.
Asirga tuşiş, sud va jazo
1944 yilda uruş SSSR çegaralaridan çiqib, Şarqiy Yevropa mamlakatlari hududiga köçadi. 1945 yil bahorga borib Berlin sovet qöşinlari tomonidan qamal qilinadi.
May oyi boşlarida Vlasov va uning qöl ostida xizmat qilgan Sergey Bunyaçenko örtasida kelişmovçilik kelib çiqadi. Bunyaçenko Parijda nemislarga qarşi boş kötargan fransuzlarni qöllaş kerakligini aytadi. Vlasov esa oxirigiça nemislar tomonida bölişini ma’lum qiladi.
Bunyaçenko Vlasovga böysunmaydi va fransuzlar tomonga ötib ketadi. Vlasov esa Berlinda qoladi. Öşa paytda Ispaniyani boşqarayotgan general Franko Vlasovga siyosiy boşpana berişini ma’lum qiladi va uni olib ketiş uçun samolyot jönatadi. Biroq Vlasov qöl ostidagi askarlarni taşlab ketişni xohlamaydi.
Öşa paytda Vlasov AQŞ harbiylari nazoratida bölgan hududda edi. AQŞ armiyasi kapitani R.Donaxyu ham Vlasov bilan aloqa örnatadi va unga Germaniyani yaşirinça tark etiş taklifini bildiradi. General uning taklifini ham rad etadi.
Şundan söng u AQŞ harbiylari nazoratida bölgan Çexoslovakiyaning Polzen şahriga jönaydi. Yölda uni sovet harbiylari asirga olişadi.
Foto: fishki.net
Vlasov asirga olinişining bir neça versiyasi bor. Unga köra sovet harbiylari Vlasovni Polzenga yetmasdan daladan ağdarilib yotgan maşina ostidan topişadi.
Polzenga Vlasovni ROA kapitani Kuçinskiy kuzatib borişi kerak edi, yölda uning boşqaruvida bölgan maşina halokatga uçraydi. Boşqa ma’lumotlarda esa general janglardan birida asirga tuşgani aytiladi.
Vlasovni marşal Ivan Konevning oldiga yuborişadi. U generalni Moskvaga jönatib yuboradi. Biroq ğalaba haqida har kun tinimsiz xabar berib turgan sovet matbuoti va radiosi Vlasov uşlangani haqida heç narsa demaydi. Sovet matbuotida keyin ham general haqida heç qayerda heç narsa yozilmaydi.
1946 yil may oyida “Izvestiya” gazetasida Moskvada bir guruh vatan xoinlarini sud qilişayotgani haqida kiçik xabar beriladi xolos.
Sovetlar avvaliga Vlasov va boşqa asir tuşgan ROAçilarning sudini oçiq tarzda, Moskvadagi Oktyabr zalida ötkazişni möljallaşadi. Biroq kutilmaganda bu iş bekor qilinib, sud barçadan yaşirinça ötkaziladi. Şu tariqa sovet fuqarolari Vlasovning qölga olinganini va sud qilinganidan mutlaqo bexabar qolişadi.
Sovetlar Vlasovning sudini yaşirişgani bejizga emasdi. Agar öşa paytda sovet fuqarolariga general asosan ruslardan iborat qariyb 200 ming kişilik sotqinlar armiyasiga boşçilik qilgani oşkor bölsa, buning oqibati yomon bölişi mumkin edi.
Çunki Stalin tuzumi nemislarga qarşi uruş ketayotgan yillarda ham öz yovuz işlarini töxtatmagan va yigirmadan oşiq millatni sotqinlikda ayblab vatanidan quvib çiqargandi.
Şuningdek, yana yuz minglab insonlar sotqinlikda ayblanib qatağon qilingan. Masalan, uruş davrida Polşa, Yugoslaviya va boşqa davlatlar partizanlariga qöşilib nemislarga qarşi jang qilgan köplab odamlar uruşdan söng nohaq jazolangan va qamoqxonalarda yotgandi.
Agar Vlasov va uning armiyasi haqidagi ma’lumotlar xalqqa oşkor bölsa, nohaq uyidan quvilgan va jazolangan millatlarda, odamlarda “eng köp sotqin ruslardan çiqqan ekan-ku” degan tuşunça va sovet hukumatiga qarşi norozilik kayfiyatini şakllantirişi mumkin edi. Şu sababli sovetlar general Vlasovning sudini yaşirinça ötkazişadi.
1946 yil 1 avgust kuni siyosiy byuroning qaroriga asosan SSSR oliy sudi harbiy kollegiyasi Vlasov va boşqalarni ölim jazosiga hukm qiladi. Hukm osib öldiriş yöli bilan ijro etiladi.
Foto: vintages.nnm.ru
Hukm ijro etilgandan söng Vlasov bilan boğliq barça ma’lumotlar “öta maxfiy hujjatlar” toifasiga ötkaziladi. Matbuot va radioga, şuningdek, adiblarga uning nomini hatto sotqin deb ham tilga oliş taqiqlanadi.
1991 yil SSSR parçalanib ketişi arafasida sovet arxivi bir muddatga oçiladi va rossiyalik tarixçilar Vlasov haqidagi maxfiy hujjatlarni qölga kiritişadi, ular matbuotda e’lon qilinadi.
Ana şunda barça general Vlasov hibsga olinganini va Moskvada sud qilinib, ölim jazosi berilganini biladi. Ungaça köpçilik Vlasovning taqdiridan bexabar bölgan yoki uruş oxirroqlarida Germaniyada nemislar bilan birga halok bölgan deb öylagan.
Vlasovning sotqinligi nega bugun ham xaspöşlanyapti?
SSSR tarqab ketgandan söng bir muddat içki muammolar bilan öralaşib qolgan Rossiya hukumati 2000-yillardan boşlab şovinistik va imperalizmni, rus millatining buyukligini tarğib qiliş yölidan ketdi.
Taşqi va içki siyosatdagi ana şu omillar tufayli ham bugun Rossiyada general Vlasovning sotqinligi haqida gapiriş unça xuşlanmaydi.
Töğri, Vlasovning sotqinligi haqida tadqiqotlar qilingan, asarlar yozilgan. Biroq boşqalarning sotqinligi haqida tinmay gapiradiganlar, Vlasovga kelganda sukut saqlaşadi.
Çunki millati rus bölgan Vlasovning sotqinligi haqida gapiraverişsa bu ruslarni buyuk millat deb deb tarğib qilayotanlarning işiga zid bölib qoladi. Ularning nazdida omma ruslardan ham sotqin çiqişi mumkinligini bilmay qöyavergani tuzuk.
Şuningdek, SSSR parçalanib ketgandan söng Rossiyada Vlasov kommunistlarga qarşi jang qilib töğri qilgan deb fikrlovçi qatlam ham paydo böldi.
Rossiya saytlaridan birida berilgan maqola uçun qilingan banner
Aynan ana şu qatlam vakillari 1992 yildan bugungaça Rossiya sudlariga Vlasov va uning qöl ostida sovetlarga qarşi jang qilgan safdoşlarini afv etiş böyiça bir neça marta murojaat qilgan. Ular rad etilgan.
Jumladan, 1992 yilda Rossiya konstitutsion sudi Stalin davridagi qatağon qurbonlariga çiqarilgan hukmlarni bekor qiliş haqida qaror qabul qilgan. Öşanda sud Vlasov va uning safdoşlariga çiqarilgan hukmlarni bekor qilmagan va ularni oqlaş haqidagi da’voni rad etgan.
2001 yilda Rossiya oliy sudi harbiy kollegiyasi Vlasovçilarni oqlaş haqidagi yana bir da’voni rad etdi.
Vlasovni oqlovçilarga köra, Ikkinçi jahon uruşidan biroz avval SSSRda Stalinning misli körilmagan qatağonlari bölib ötgan. Bu qatağonlar uruş boşlangandan söng ham davom etadi.
Ular Vlasov ana şu qatağonlarni sodir etayotgan yovuz tuzumga qarşi kuraşiş uçun nemislar tomonga ötişga majbur bölgan deyişadi. Lekin ular muhim bir jihatni unutişadi – Vlasov öz nomi bilan sotqin bölgan.