Osiyo arsloni, sobiq ittifoq qahramoni Mamadali Topvoldiyev Belarusning Mogilyov viloyatida Ikkinçi jahon uruşi davrida SSSR uçun misli körilmagan işlar qilgan. Hatto faşizm ustidan qilingan ğalabada ham uning hissasi katta. Kazbek laqabi ostida jang qilib, hatto Hitlerni sarosimaga solgan yengilmas özbek askarini xotirlab, Kun.uz muxbiri olis Mogilyov viloyatiga bordi.
Minsk–Mogilyov orasidagi masofa 170-180 çaqirim. Erta tongdan yölga çiqmasak, kun böyi reportaj olib, poytaxtga qaytib kelişga keç qolamiz. Avvaliga Minsk temiryöl vokzalidan Mogilyovga boradigan poyezdlarni suriştirdik. Afsuski, ertalabki qatnovga keç qolibmiz. Tuşdan keyingi reys esa bizga juda keçlik qiladi.

Vokzal bilan yonma-yon joylaşgan avtoşohbekatga borsak, u yerda ham manzilimizga eltuvçi transportlarga keç qolganimiz, keyingisini 1-2 soat kutişimizga töğri kelişini aytişdi. Kuta olmaymiz. Belarusga kelib şuni bildikki, bu yerda transportlar qatnovi bilan muammolar ança köp ekan.

Qarşimizda marşrutlar bekati körindi. Xayriyat-ye! Mogilyovga ketişga şay bölib, öt olib turgan mikroavtobusga ulgurib qoldik. Aks holda, undan keyingisi yurişini kutişimiz uçun yana 2-2,5 soat vaqt kerak bölardi.

Yölda ketarkanman, 80 yillar oldin jonini xatarga qöyib, bu hududlarni himoya qilgan, Farğonaning Riştonidan bölgan yengilmas Osiyo arsloni – Mamadali Topvoldiyevning olamiga şönğib ketgandek edim. Çunki bepoyon belarus dalalari, taxtadan yasalgan uyli qişloqlar, dudlangan göşt hidi taralgan köçalar – bularning hammasi deyarli özgarmagan. Ikkinçi jahon uruşi davrida Hitler armiyasi tomonidan egallab olingan bu manzillarda qahramonimiz Kazbek nomi bilan faşistlarga qarşi misli körilmagan jasoratlar körsatadi.

Şu yerliklardan duşmanga qarşi kuraşiş maqsadida tuzilgan partizanlar otryadiga qöşilgan Kazbek guruhdagi yagona özbek bölib, eng qörqmas va qaytmas jangçi sifatida tanila boşlaydi. Faşistlar lagerida asirga tuşgan safdoşlarini qutqariş, Germaniyadan kelayotgan qurol va askarlar eşelonini töxtatib qöyiş uçun temiryöllarni portlatib yuboriş, xavfli razvedka operatsiyalari olib boriş va hatto Hitler armiyasining generalini yurib ketayotgan poyezddan olib qoçib, asirga oliş kabi uddalab bölmas işlarni qila olgani uçun ham undan hamma qörqqan. Kazbekning boşi uçun hatto şaxsan Hitlerning özi juda katta pul mukofoti e’lon qiladi va heç kim buning uddasidan çiqa olmaydi.

























