Nima uchun davlat pensiya ta'minoti tizimini qayta isloh qilish zarurati paydo bo‘ldi?
Pensiya ta'minoti tizimi aholining mehnatga layoqatsiz va muhtoj qismining turmush darajasini oshirishga yo‘naltirilgan iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va tashkiliy xarakterdagi kompleks choralarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi, deyiladi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi davlat pensiya tizimini isloh qilishga doir konsepsiyasida.
U mamlakat aholisining taxminan 10 foizini, ya'ni 3,3 million kishini qamrab oladi. O‘zbekistonda yoshga doir pensiyalarni - 2 502,6 ming kishi, nogironlik bo‘yicha - 360,3 ming kishi, boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha - 168,5 ming kishi, ijtimoiy nafaqa - 294,1 ming kishi oladi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat pensiya ta'minoti tizimida uni umumqabul qilingan pensiya sug‘urtasi tamoyillarini kiritish bilan bog‘liq modernizatsiyalashga urinishlar bo‘ldi.
Biroq pensiyaning ijtimoiy jihatdan munosib darajasiga erishish bo‘yicha real chora-tadbirlar belgilab olinmagan. Yetarli darajada yuqori ish haqi va davomli stajga ega fuqarolar hisobiga hanuz pensiya ta'minotining o‘zini oqlamagan imtiyozlari amalda, pensiya hajmi va sug‘urta to‘lovi o‘rtasidagi aloqa zaiflashgan.
Yaqin kelajakda daromadlar va Pensiya fondi xarajatlari muvozanati buzilishi kutilmoqda, bu esa pensiyalar va ijtimoiy to‘lovlarni moliyalashtirishga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Bu muvozanat buzilishiga esa quyidagi omillar sabab bo‘lmoqda:
I. Demografik o‘zgarishlarning pensiya ta'minoti tizimiga ta'siri;
II. Aholining ijtimoiy sug‘urta tizimini moliyalashtirishdagi ekvivalent ishtiroki zarurati;
III. Moliyaviy vositalarni taqsimlashda samarasiz jihozlarning qo‘llanilishi va ijtimoiy sug‘urta tizimida zaif va rag‘batlantiruvchi mexanizmlarning mavjudligi.
Mavzuga oid
11:03 / 08.06.2024
Putin ishlayotgan fuqarolarga pensiya indeksatsiyasini qaytarishni taklif qildi
21:54 / 01.05.2024
Eng kam pensiyalar minimal iste’mol xarajatlari miqdoriga yetkazildi
15:44 / 05.04.2024
Toshkent shahar hokimligi bir qancha loyihalar konsepsiyasiga 825 mln so‘m ajratdi
08:08 / 07.07.2023