Toşkent şahar hokimi Şavkat Umrzoqovning şu yil 28 martdagi qaroriga köra, Çilonzor va Şayxontohur tumanlarining ayrim hududlarida quriliş va rekonstruksiya işlarini olib boriş uçun loyiha konsepsiyalari işlab çiqiladi.

Buning uçun mahalliy budjetining zaxira jamğarmasi hisobidan 824,8 mln söm ajratilişi belgilangan. Konsepsiyani işlab çiqiş vazifasi hokimlik huzuridagi “Yagona buyurtmaçi xizmati” injiniring kompaniyasiga berilgan.

Qayd etilişiça, qaror prezidentning 2023 yil may oyida şu ikki tumanga qilgan taşrifida berilgan topşiriqlarning ijrosi yuzasidan qabul qilingan.

Jami loyiha soni 6 ta bölib, ular quyidagilardan iborat:

  1. “Turizm halqasi”ni barpo etişda piyodalar va veloyölaklar, oçiq turdagi avtoturargohlar hamda suğoriş va irrigatsiya infratuzilmasi qurişga – 213,6 mln söm;
  2. Sarxumdon mahallasi hududidagi temirçilik ustaxonalarini rekonstruksiya qilişga – 138,7 mln söm;
  3. Samarqand darvoza mahallasi Uçlola köçasida barpo etilgan yopiq suv havzasi va sport majmuasiga – 177 mln söm;
  4. Mahallalar hududlarida aholiga qulay şart-şaroitlar yaratiş va xizmat körsatiş maqsadida mikro boğlar hamda sayilgohlar taşkil etişga – 149 mln söm;
  5. Çorsu va Eski Jöva dehqon bozorlarini rekonstruksiya qiliş konsepsiyasi loyiha takliflari işlab çiqişga – 119,5 mln söm;
  6. Şayxontohur tumanidagi Yangiobod mahallasini obod hududga aylantiriş loyiha takliflarini işlab çiqişga – 27 mln söm yönaltiriladi.

Ma’lumot uçun, 2023 yil iyun oyida Toşkentda 20 km uzunlikda “Turizm halqasi” barpo etilişi, Çorsu bozori rekonstruksiya qilinişi aytilgandi.