08:08 / 07.07.2023
3915

1,1 mln gektar yerlarni foydalanishga kiritish konsepsiyasi qabul qilindi

Irrigatsiya va melioratsiya holati yomonlashuvi natijasida foydalanishdan chiqqan 1,1 mln gektar yerlarni oborotga kiritish konsepsiyasi qabul qilindi.

Foto: Kun.uz

Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabariga ko‘ra, o‘tgan davrda oborotdan chiqqan, lalmi, yaylov yerlardan qariyb 580 ming gektari  foydalanishga kiritildi.

O‘zlashgan yerlarda 280 ming aholi bandligi ta’minlandi va qo‘shimcha 3,7 mln tonna mahsulot yetishtirildi.

Qishloq xo‘jaligi yerlarining chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga 25 yilga ijaraga berilishi belgilandi.

Qariyb 1,4 mln gektarda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilindi, 4,5 mlrd m3 suv iqtisod qilindi, 350 mlrd so‘m subsidiya berildi.

Kelgusi 5 yilda yana 500 ming gektar yerlar foydalanishga kiritiladi, 2 mln ga suv tejovchi texnologiya joriy qilinadi.

Top