Jamiyat | 17:41 / 28.04.2018
7859
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Qandolatchilikni rivojlantirish uyushmasi tashkil etildi

O‘zbekistonda qandolatchilik sohasini yanada rivojlantirish va bu sohadagi ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi hamda zamonaviy yondashuvlarga asoslangan Qandolatchilikni rivojlantirish uyushmasi tashkil etildi.

Ushbu uyushma barcha qandolat mahsulotlari bilan faoliyat yurituvchi o‘zbekistonliklarga ko‘maklashish, rag‘batlantirish va ularning eksport salohiyatini oshirish uchun xizmat qiladi.

Foto: Qandolatchilikni rivojlantirish uyushmasi
Foto: Qandolatchilikni rivojlantirish uyushmasi

Ma'lumotlarga ko‘ra, Uyushma rahbari etib Umarov Muxtor Mansurxodjayevich tayinlangan.