O‘zbekiston | 23:08 / 01.05.2018
5989
2 daqiqa o‘qiladi

Innovatsion rivojlanish vazirligi muammolarning yangi bazasini tashkil etish va ularni hal qilishni taklif qilmoqda

O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 30 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida Innovatsion rivojlanish vazirligi mamlakatimizning innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirish maqsadida innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha davlat organlari, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahlil muassasalari hamda boshqa tashkilotlarning ish faoliyatlari samaradorligini innovatsion yondashuv orqali oshirishga ko‘maklashish vazirlikning vazifalaridan biri etib belgilangan. 

Innovatsion Rivojlanish vazirligi bu borada yangicha yondashuvni taqdim etmoqda, ya'ni yurtimizdagi barcha vazirlik, tashkilot, muassasa vakillari mavjud muammolar haqida Innovatsion vazirlik tavsiya qilayotgan elektron manzilga tashrif buyurib, xuddi ro‘yxatdan o‘tish tizimi singari osongina yozib qoldirishlari mumkin. Vazirlik xodimlari esa uni o‘rganish bilan chegaralanib qolmay, umumiy bazani ham tashkil etishadi. Bundan tashqari, bu tizimning yana bir muhim jihati borki, insonlarga katta qulaylik yaratiladi. Ortiqcha sarf-xarajat, qog‘ozbozlik va muhimi o‘z vaqtlarini tejashlari mumkin. 

   Yuqorida keltirilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bir qator sohalardagi dolzarb muammolar bazasini shakllantirmoqda. Murojaat etuvchilar 2018 yilning 7 mayiga qadar o‘z tashkilotlari sohasi doirasida (bit.ly/muammolar) internet manzili orqali dolzarb muammolarni belgilab berishlari mumkin.  

Mavzuga oid