AQŞ va IŞID terrorçilik guruhiga qarşi kuraşayotgan xalqaro koalitsiyaning Suriya va Iroqdagi harbiy bazalari sönggi bir hafta içida 13 marta hujumga uçragan, dedi Pentagon matbuot kotibi general Pet Rayder 24 oktyabr, seşanba kuni. 17 oktyabrdan 24 oktyabrgaça bölgan davrda askarlar Iroqda kamida 10 marta, Suriyada esa uç marta raketa va uçuvçisiz uçoqlar zarbasiga uçragan, deydi u.
Generalning sözlariga köra, hujumlar ortida «Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) va Eron rejimidan kömak olayotgan guruhlar» turibdi. Iroqdagi guruh hujumlarning bir qismi uçun javobgarlikni öz zimmasiga oldi va tegişli xabarlarni Telegram messenjerida e’lon qildi.
AQŞning Yaqin Şarqdagi harbiy mavjudligi
AQŞ IŞIDga qarşi kuraş uçun Suriyada 900 ga yaqin va Iroqda 2500 ga yaqin askarini joylaştirgan. AQŞ Falastinning HAMAS taşkiloti tomonidan hujumga uçragan Isroilni qöllab-quvvatlaşga va’da berganidan söng Eronga yaqin qurolli guruhlar AQŞ harbiy obektlariga hujum bilan tahdid qildi.
22 oktyabr kuni Qöşma Ştatlar mintaqadagi iştiroki kuçayganini e’lon qildi hamda Eron va uning ittifoqdoş qurolli guruhlarini Yaqin Şarqdagi mojaroni keskinlaştirmaslik töğrisida ogohlantirdi.
Isroil va HAMAS mojarosi
7 oktyabr kuni HAMAS jangçilari Ğazo sektoridan Isroilga qarşi keng kölamli hujum uyuştirdi, natijada Isroil tomoni ma’lumotlariga köra, 1400 dan ortiq odam halok böldi, yana 220 dan ortiq kişi garovga olindi va Ğazo sektoriga olib ketildi.
Isroil bunga javoban Ğazo sektoriga yirik havo hujumlari uyuştirdi, mintaqani nazorat qilayotgan HAMASga köra, 5700 dan ortiq odam, jumladan 2340 nafar bola va ösmir halok böldi.

















