Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylariga nisbatan mulk huquqini e'tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi haqida
Yer tuzish va kadastr organlari tomonidan o‘tkazilgan respublika ko‘chmas mulk fondining yalpi xatlovi yakka tartibda uy-joy qurish sohasida, ayniqsa, qishloq joylarida qonuniylikni ta'minlash masalalarida tizimli xatolar va jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligini ko‘rsatdi. 2 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ahamiyati va ijrosiga bag‘ishlangan Xalqaro Press-klub sessiyasida shu haqida ma'lum qilindi.

- ushbu yer uchastkasi (uchastkaning bir qismi) unga qonun hujjatlariga muvofiq turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin bo‘lmagan yer maydonida joylashmagan bo‘lsa;
- o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat shaharsozlik normalari va qoidalari talablarini buzmayotgan bo‘lsa, shuningdek, uning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasa yoxud fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasa e'tirof etiladi.
O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi:
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tashkil etiladigan Ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e'tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha komissiyaning taqdimnomasiga ko‘ra tuman (shahar) hokimining qarori bilan;
- umumiy mulk huquqi haqidagi fuqarolik va oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qoidalariga amal qilish sharti bilan;
- eng kam ish haqining besh baravari miqdorida bir martalik yig‘im to‘langandan keyin amalga oshiriladi.
Shuningdek, Farmonda bir martalik aksiyaning amal qilish muddati tugagunga qadar:
- sudlarga o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzib tashlash bo‘yicha da'vo kiritishni to‘xtatib turilishini, qonun hujjatlariga asosan turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin bo‘lmagan yer maydonida joylashgan yer uchastkasida (uchastkaning bir qismida) qurilgan obektlar bundan mustasno;
- sudlarning turar joy sifatida foydalanilayotgan o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzib tashlash to‘g‘risidagi ko‘rib chiqilayotgan da'volar hamda ijro qilinmagan qarorlari bo‘yicha belgilangan tartibda kelishuv bitimlari tuzilishini ta'minlash nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
00:23 / 17.01.2019
Oila qonunchiligida o‘zgarishlar kutilmoqda: nikoh yoshi, ajrimlar, ishonchnoma...
19:51 / 11.07.2018
Nuriymon Abulhasan «Shuhrat – Dombrabadskiy» ishiga munosabat bildirdi
19:21 / 11.07.2018
«Vaqf» xayriya jamoat fondi qanday ishlaydi va vaqf nima?
19:07 / 11.07.2018