Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy tashqi ishlar vaziri Pxenyanda shimoliy koreyalik hamkasbi bilan uchrashdi
Arxiv foto/ Getty Images
Xitoy TIV rahbari Van I Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Yen Xo bilan uchrashdi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar qilmoqda.
Vazirlar ikki tomonlama munosabatlar va Koreya yarim oroliga aloqador bo‘lgan boshqa masalalarni muhokama qildi.
Ta'kidlanishicha, uchrashuv «do‘stona va samimiy muhitda» o‘tgan. Shimoliy Koreya agentligi bu borada boshqa tafsilotlarni keltirmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I KXDRga tashrif bilan borishi, bu Shimoliy Koreya va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi sammit arafasida yuz berishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
12:45 / 23.03.2026