Jahon | 14:14 / 03.05.2018
22466
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyada Rossiya qiruvchisi halokatga uchradi

Suriyada Rossiya havo-kosmik kuchlarining Su-30SM qiruvchisi halokatga uchradi, ikki uchuvchi halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Mahkama ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu hodisa Toshkent vaqti bilan soat 11:45lar atrofida O‘rta Yer dengizi akvatoriyasi uzra sodir bo‘lgan, qiruvchi Xmeymim aerodromidan parvoz qilgan. Falokat chog‘ida samolyot balandlikka ko‘tarilayotgan bo‘lgani aytilyapti. «Samolyot uchun oxirgi daqiqalarga qadar kurashgan har ikki uchuvchi halok bo‘ldi», - deyiladi xabarda.

Foto: Twitter /@MGhorab3 

«Dastlabki ma'lumotga ko‘ra, aviahalokatga dvigatelga qush kirib ketgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Samolyotga hech qanday zarba berilmagan», - deya bildirilgan Mudofaa vazirligidan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyi boshlarida Suriyada bortida 32 kishi bo‘lgan Rossiya samolyoti qulagandi

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid