Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahzoda Garri va Megan Markl to‘yi munosabati bilan esdalik tangalari chiqarildi
Foto: Global Look Press/Jim West
Shahzoda Garri va uning bo‘lajak rafiqasi Megan Marklning biri-biriga qarab turgan tasviri yangi 5 funt sterlinglik tangada paydo bo‘ldi. Tanga juftlikning 19 maydagi to‘yi munosabati bilan chiqarilgan.
Tanganing dizayneri Jodi Klark 2015 yildan boshlab tangalarda qirolicha Yelizaveta II’ni tasvirlab keladi.
Tanganing oddiy varianti narxi 13 funt sterling (17,6 dollar), kumushdan tayyorlangani 82,5 funt sterlingni (112 dollar) tashkil qiladi. Oltin tangalar 1890 funt sterlingdan (2597 dollar) taklif qilinmoqda
Shahzoda Garri esdalik tangalarida 2-marta tasvirlanmoqda. 2005 yilda u 21 yoshga to‘lgani munosabati bilan ham tangada tasvirlangan.
Garri va Marklning to‘yi britan monarxlarining qarorgohi bo‘lgan Vindzor saroyida bo‘lib o‘tadi. To‘yga 2640 kishi taklif qilingan.
Mavzuga oid
13:41 / 03.12.2025
Rossiya imperiyasi davriga oid oltin tangalarni sotishga urinish fosh etildi
20:14 / 13.11.2025
AQSh bir sentlik tangalarni zarb qilishni to‘xtatdi
11:27 / 15.09.2025
Axsikentda noyob qo‘lyozma va Abbosiylar zarb etgan tangalar topildi
14:04 / 10.06.2025