Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Qaşqadaryo viloyati boşqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida Muborak tumani hududida tezkor tadbir ötkazilgan.

Tadbir davomida fuqaro M.K. 1897–1901 yillarda Rossiya imperiyasida çiqarilgan, “Nikolay II” yozuvi tuşirilgan 10 dona qadimiy oltin tangani fuqaro Ş.H.ga 71 million sömga sotiş vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Ötkazilgan ekspertiza xulosalariga köra, mazkur oltin tangalarning umumiy sof vazni 42,74 grammni taşkil etib, ular qimmatbaho oltin qotişmasidan tayyorlanganligi tasdiqlangan.

Kelib çiqqan holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda oliş yoki ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.