Jamiyat | 23:01 / 05.05.2018
5576
3 daqiqa o‘qiladi

“Hadisi sharif bilimdoni-2018” Samarqand, Namangan va Qashqadaryo viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Joriy yilning may oyida erkaklar o‘rtasida “Hadisi sharif bilimdoni-2018” respublika tanlovi viloyat bosqichlari o‘tkazildi. Mazkur musobaqada 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar hadis ilmi bo‘yicha o‘z bilimlarini sinab ko‘rishdi.

Musobaqa uchta shartdan iborat bo‘ldi. Birinchi shartda ishtirokchilar Imom Al-Buxoriy va Imom At-Termiziy hayoti hamda ilmiy faoliyati oid savollarga javob qaytarishdi.

Ikkinchi shartda ular berilgan hadisni sharhlab berishi (hadisni tarjima qilish va undan olinadigan foydalarni bayon qilish) kerak edi. Hadisning arab tilidagi matnini sahobiy bilan yoddan aytib berish uchinchi shart deb hisoblandi.

Biletda tanlab olingan hadislardan beshtasining boshlanish qismi arab tilida berildi. Ishtirokchilardan ularni davom ettirib, tarjima qilib berish talab etildi. 

Musobaqa so‘ngida tanlov g‘oliblari aniqlandi. Samarqand viloyati:

1-o‘rin: Azizbek Egamberdiyev - Pastdarg‘om tumani "Bog‘onali" jome masjidi imom-xatibi va Hadis ilmi maktabi tinglovchisi; 
2-o‘rin: Akmal Mahmudov - Hadis ilmi maktabi tinglovchisi; 
3-o‘rin: Donyor Bohodirov - Hadis ilmi maktabi tinglovchisi.

Foto: O‘MI matbuot xizmati

Qashqadaryo viloyati:

1-o‘rin: Muxammadyaxyohon Maxmudov
2-o‘rin: Hamidulloh Xolmurodov
3-o‘rin: Axliddin Qurbonov
3-o‘rin: Alisher Jumayev

Namangan viloyati:

Erkaklar o‘rtasida:
                                                               
1-o‘rin: Mirkamol Mahkamov
2-o‘rin: Saidasrorxon Naqibxonov
3-o‘rin:  Muhammad Botirov

Ayollar o‘rtasida:

1-o‘rin: Malikaxon Mirzayeva
2-o‘rin: Xabibaxon Usmonova
3-o‘rin: Zulfiya Ma'rufxo‘jayeva

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid