Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Hadisi sharif bilimdoni-2018” Toshkent shahar bosqichi g‘oliblari aniqlandi
Joriy yilning 5 may sanasida erkaklar o‘rtasida “Hadisi sharif bilimdoni-2018” respublika tanlovi Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar hadis ilmi bo‘yicha o‘z bilimlarini sinab ko‘rishdi.
Musobaqa uchta shartdan iborat bo‘ldi. Birinchi shartda ishtirokchilar Imom Al-Buxoriy va Imom At-Termiziy hayoti hamda ilmiy faoliyatiga oid savollarga javob qaytarishdi.
Ikkinchi shartda ular berilgan hadisni sharhlab berishi (hadisni tarjima qilish va undan olinadigan foydalarni bayon qilish) kerak edi. Hadisning arab tilidagi matnini sahobiy bilan yoddan aytib berish uchinchi shart deb hisoblandi.
Biletda tanlab olingan hadislardan beshtasining boshlanish qismi arab tilida berildi. Ishtirokchilardan ularni davom ettirib, tarjima qilib berish talab etildi.
Musobaqa yakunida Toshkent shahar bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
1- o‘rin. Toshkent islom instituti talabasi Yusupov Xalillulloh (97 ball)
2- o‘rin. Ko‘kaldosh o‘rta maxsus bilim yurti talabasi Mustafoyev Kamron (88 ball)
2- o‘rin. Toshkent islom instituti talabasi To‘xtasinov Ro‘zimuhammad (88 ball)
3- o‘rin. Ortiqboyev Hojiakbar (87 ball)
Mavzuga oid
10:02 / 07.03.2026
Toshkentda hokim yordamchisi 5 ming dollar bilan ushlandi
09:09 / 17.02.2026
Shayxontohurda Beltepa ko‘chasidagi xonadonda yong‘in: jabrlanganlar yo‘q
18:47 / 06.10.2025
O‘zini prezident administratsiyasi xodimi deb tanishtirib, ishini bitkazishga uringan shaxs ozodlikdan mahrum qilindi
13:01 / 21.07.2025